Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi tufayli jazodan
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
8. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi tufayli jazodan ozod qilish Agar aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilsa, bu uni jinoiy javobgarlikka totish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar shaxs hukm chiqarilgandan so‘ng o‘z qilmishining ahamiyatini anglay olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalinib qolsa, jazoni o‘tashdan ozod qilinishi mumkin. Jinoyat sodir etgan shaxs hukm chiqarilgandan so‘ng o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallika chalinib qolgan bo‘lsa jazodan ozod qilinadi. Bunday shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emasligi, ruhiy kasallikka chalingan shaxsning sud tomonidan belgilangan jazo choralalarini kasalligi tufayli to‘g‘ri idrok etish imkoniga ega emasligida ifodalanadi. Bunday kasalliklarga: uzoq davom etadigan, kuchayib va og‘irlashib boradigan va davolash qiyin bo‘ladigan surunkali kasalliklar kiradi. Bunday shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash tartibi Jinoyat kodeksining 91-95- moddalarida belgilangan. Agar tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs Jinoyat kodeksining 69-moddasida belgilangan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmasdan tuzalsa, jazo ijro etiladi. Barqaror bo‘lmagan, vaqtinchalik o‘tkinchi xususiyata ega bo‘lgan 444 ruhiy kasalliklar jazodan muddatidan ilgari ozod qilish masalasini hal qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Agar shaxs boshqa og‘ir kasallikka chalinib qolsa, bunday holda uni jazodan ozod qilish uning majburiyati emas, balki, huquqi hisoblanadi. Bunday mahkumlar aqli raso hisoblanadilar va axloq tuzatish jazosiga tortilishi mumkin. Bunday holatda nafaqat shaxsning kasalligi, shuningdek,, jinoyatning xavfliligi, mahkumning shaxsiy xususiyatlari va boshqa omillar hisobga olinadi. Bu omillarga jazoning o‘talgan muddati, shaxsning jazoni o‘tash tartibiga munosabati kabilar kiradi. Jazodan ozod qilish uchun asos bo‘luvchi kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 1 Amaliyotda mahkumlarning jazoni o‘tash davomida o‘z a’zolariga ataylab shikast yetkazish, o‘z sog‘ligini yomonlashtirish hollari ko‘p uchrab turadi. Bunday hollarda ular jazodan ushbu asosga ko‘ra ozod qilinmaydilar. Ushbu asosga ko‘ra jazodan ozod qilishda unga nisbatan davolab bo‘lmaydi deb tashxis qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Mahkumni kasalligi tufayli jazoni o‘tash muddatidan oldindan ozod qilish har qanday turdagi asosiy jazoga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Qonun og‘ir kasalligi tufayli muddatidan ilgari jazodan ozod qilishni qo‘shimcha jazoga nisbatan qo‘llanish masalasini ochiq qoldirgan. Qator hollarda, ularni qo‘shimcha jazodan, masalan, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan ozod qilish maqsadga muvofiq emas. Sudga mahkumni ushbu asosga ko‘ra jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnoma Ichki ishlar Vazirligining Maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. Harbiy xizmatchilar ularni xizmatga yaroqsiz deb topishga asos bo‘luvchi kasallikka chalingan taqdirda jazodan ozod qilinishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchini tegishli harbiy-tibbiy komissiyasining xulosasi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topishi uchun asos bo‘ladi. Harbiy xizmatchilar ushbu asosga ko‘ra intizomiy qismga yuborish yoki xizmat bo‘yicha cheklash turidagi jazolardan ozod qilinishi mumkin. Qonun ayol jinsidagi harbiy xizmatchilar uchun xizmat bo‘yicha cheklash turidagi jazodan muddatidan ilgari ozod qilishning qo‘shimcha asosi deb, homiladorlik tufayli mehnatga layoqatsizligini qayd etadi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, qonun mazkur ozod qilish turi uchun ayolning homiladorligini emas, balki unga homiladorlik va tug‘ish uchun ta’til berishni asos deb topadi. Ya’ni ushbu asosga ko‘ra ozod qilish ularga homiladorlik va tugish uchun tatil berilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. 1 O’z R Jinoyat ijroiya kodeksi 165-modda, 2-qism, 1997 yil 25 арrеl кuni qabul qilingan. 445 Jinoyat kodeksi 75-moddasi 5-qismida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilishning mustaqil turlari aks ettirilgan: 1) mahkumning mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolganligi; 2) mahkumning pensiya yoshiga yetganligi; 3) homiladorlik va tug’ish ta’tiliga chiqqanligi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling