Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
-BOB: JAZODAN OZOD QILISH
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
18-BOB: JAZODAN OZOD QILISH
1. Jazodan ozod qilish tushunchasi. Jinoiy jazodan ozod qilish jinoyat sodir qilishda aybdor deb topilgan va vositalar bilan jazo maqsadlariga erishish imkoniyati mavjud bo‘lsada, jazoni o‘tashni davom ettirishdan davlatning voz kechishidir. Yoki boshqacha aytganda jazodan ozod qilish deganda, aybdorni aynan sud hukmi bilan tayinlanadigan jazodan ozod qilish tushuniladi. Jazodan ozod qilish turlari Jazoni ijro etish muddatining o’tib ketganligi munosabati bilan Ozod qilish (JК 69-moddasi) SHaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini Yo’qotganligi munosabati bilan uni ozd qilish (JК 70- moddasi ) Aybdor o’z qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lganligi munosabati bilan Ozod qilish (JК 71- moddasi ) SHartli hukm qilish (JК 72- moddasi ) Jazoni o’tashdan muddatidan ilgaari shartli ozod qilish (JK 73-moddasi) Jazoni engilrogi bilan almashtirish (JK 74-moddasi) Каsallik yoki mexnat qobiliyatyini yo’qotishi oqibatida jazodan ozod qilish (JK 75-moddasi ) Аmnistiya akti yoki avf etish asosida jazoda ozod q ilish (JK 76-moddasi) 424 Jazodan ozod qilish jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qoidasining tarkibiy qismi bo‘lib, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning bir shakli sifatida jazodan ozod qilishni taqazo etadi. Jinoiy jazodan ozod qilishni uchga bo‘lish mumkin: 1) jinoiy jazodan to‘liq ozod qilish 2) jinoiy jazodan qisman ozod qilish 3) jinoiy jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilish Jinoiy jazodan to‘liq ozod qilishda sud ayblov hukmida jazo turini belgilaydi va belgilangan jazoni ijro etmaslikka qaror qiladi. Bu turga jazoni ijro etish mudatining o‘tib ketganligi (69-modda), shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi (70-modda), aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi (71-modda), shartli jazo belgilash (72- modda) kabi jazodan ozod qilish turlari kiradi. Jinoiy jazodan ozod qilishning ikkinchi turida esa, mahkum sud belgilagan jazoning bir qismini o‘taydi yoki belgilangan jazo yengilroq turdagi jazo bilan almashtiriladi. Bunga: muddatidan ilgari shartli ozod qilish (73-modda), jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (74-modda) kiradi. Kasallik yoxud mehnat qobiliyatining yo‘qotishi (73-modda), amnistiya va avf etish asosida jazodan ozod qilishda mahkum jazodan to‘la yoki qisman ham ozod qilinishi yoxud jazo chorasi yengilrog‘i bilan almashtirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu asoslarni jazodan ozod qilishning ikkali turga ham kiritish mumkin. Bundan tashqari jinoiy jazdan ozod qilish shartsiz yoki shartli, JK Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling