Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan asosga


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra ham bo‘lishi mumkin
Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko‘ra (jazoni o‘tash muddatidan 
ilgari jazodan ozod qilish) jazodan ozod qilishdan tashqari boshqa 
asoslarga ko‘ra jazodan ozod qilish turlari jazodan shartsiz ozod qilish 
hisoblanadi. 
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va jazodan ozod qilish tushunchasi 
bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi: 
birinchidan, qo‘llanish asosiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilish umumiy qoida bo‘yicha faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va 
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilsa, 
jinoiy jazodan ozod qilishda jinoyatning tasnifi (og‘irlilik darajasi)ga 
qat’iy bog‘liq emas. 
ikkinchidan, subyektiga ko‘ra, - jinoyat protsessi ishtirokchisi 
tomonidan jinoiy javobganlikdan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va 
sudlanuvchi ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan esa faqat mahkum 
shuningdek,, sud hukmi e’lon qilingan shaxs ozod qilinishi mumkin.


425
uchinchidan, jinoiy javobgarlikdan shaxs nafaqat sud tomonidan, 
balki, surishtiruv, tergov va prokratura organlari tomonidan jinoiy ishni 
dastlabki tergov jarayonida yoki shaxs jinoyat protsessi ishtirokchisi 
bo‘lmay turib, ya’ni jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldindan ozod qilinishi 
mumkin. Jinoiy jazodan ozod qilish esa faqat sud qarori bilan (jinoiy 
jazodan ozod qilib sud hukmini chiqarish, jinoyat ishni tugatish 
to‘g‘risidagi ajrim yoki qaror) amalga oshiriladi.
to‘rtinchidan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning jinoiy jazodan 
ozod qilishdan yana bir asosiy farqi ayblanuvchi shaxsi bilan bog‘liq 
bo‘lgan jinoyat huquqiy oqibatdir. Masalan, takroran jinoyat sodir etish 
yoki jinoyatlar majmui shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etganda 
va ular uchun sudlanmagan hollarda huquqiy ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Shu bilan birga shaxs muayyan shartlar asosida jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilinganda ham sudlanmagan hisoblanadi. Jinoiy jazodan ozod qilish sud 
hukmida tayinlangan jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilish hisoblanib, 
bunda sudlanganlik holati saqlanib qoladi.
Jinoyat kodeksining 65, 66, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan 
ilgari sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan va jazodan ozod qilingan 
shaxs takroran jinoyat sodir etish yoki ilgari ham qasddan jinoyat sodir 
eganlik uchun sudlangandan so‘ng yangi jinoyat sodir etsa bu holat jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat hisoblanmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jinoiy 
jazodan ozod qilish sudlanganlik oqibatini bekor qilmaydi.
1
Jinoiy jazodan ozod qilishni muayyan shartlar mavjud bo‘lgandagina 
qo‘llash mumkin. Uni qo‘llash asoslaridan biri jinoiy jazoni qo‘llashning 
maqsadga muvofiq emasligidir. 
Ayni bitta asos ishni qaysi bosqichida qo‘llanilayotganligiga qarab, 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga ham jazodan ozod qilishga ham xizmat 
qilishi mumkin. Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo‘lib, u 
shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan 
ozod qilish uchun, sud hukmi chiqarilganidan so‘ng asosiy va qo‘shimcha 
jozodan ozod qilish uchun tadbiq etiladi. 
Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari 
ko‘rsatilgan: 
1) jazo mudatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoiy 
javobgarikdan ozod qilish (69-modda); 
2)
shaxsning ijtiomoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (70- modda) ; 
1
Оliy Sud Plenumi qarori «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida » 1996 yil 19 iyul №16. 


426
3) aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi 
munosabati bilan jazodan ozod qilish (71-modda); 
4) shartli hukm qilish (72-modda); 
5) 
jazoni o‘tashdan muddatidan oldindan ozod qilish (73-modda); 
6) jazoni 
yengilrog‘i 
bilan almashtirish (74-modda); 
7) kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotishi munosabati bilan 
jazodan ozod qilish (75-modda); 
8) 
amnistiya akti asosida jazodan ozod qilish (76-modda). 
Bundan tashqari jinoiy jazodan ozod qilishning yana bir alohida turi 
mavjud bo‘lib, Jinoyat kodeksi Maxsus qismida jinoiy jazodan ozod qilish 
asosi ko‘rsatilgan bo‘lsa, shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish mumkiin 
bo‘ladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling