Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mustaqillik yillarida yagona ijtimoiy to‘lov


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mustaqillik yillarida yagona ijtimoiy to‘lov
stavkasining pasayishi (foizda) 
Masalan, agar mustaqillikning dastlabki yillarida jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i eng yuqori – 60 foizli stavka bilan 
7-shkala bo‘yicha hisoblangan va undirilgan bo‘lsa, hozirgi paytda 3-
shkala asosida undirilmoqda, bunda eng yuqori soliq stavkasi 22 foizni 
tashkil etmoqda. Shu bilan birga, xo‘jalik subyektlari uchun xodimlarni 
yollash xarajatlari kamaytirildi: agar ishga yollovchilarning majburiy 
ijtimoiy sug‘urta tizimiga (Pensiya jamg‘armasi, Bandlik jamg‘armasi va 
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi) to‘lovlari 1994-yilda ish haqi 
fondining 40 foizini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda bosqichma-
bosqich 24 foizga tushirildi. 
Soliq yukining kamayishi va YAIMning o‘sishi 


 452
Iste’mol talabi va tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishni 
kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i 
stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushirildi. Bu jarayonda iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlash va xo‘jalik faoliyatini jadallashtirish hisobidan budjetning 
yalpi daromadlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi barqaror ravishda 
oshib bordi. 
Bundan tashqari, 1991-yildan bugungi kungacha stavkalarni 
pasaytirish bilan bir qatorda soliqlar unifikatsiya qilindi, ya’ni 
birxillashtirildi hamda bir qator bir-birini takrorlaydigan va kam samara 
beradigan soliq hamda majburiy to‘lovlar bekor qilindi. Natijada hozirgi 
vaqtda O‘zbekiston asosiy soliq stavkalari miqdori bo‘yicha soliqqa 
tortish darajasi yuqori bo‘lmagan davlatlardan biri hisoblanadi, jami soliq 
yuki esa bizda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,9 foizdan oshmaydi. 
Sanoatning eksportga yo‘naltirilgan yangi tarmoqlarini jadal rivojlan-
tirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash maqsadida mamlakatimizning amaldagi qonunchiligi xo‘jalik 
subyektlariga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona to‘lovlari 
bo‘yicha keng miqyosda imtiyozlar yaratib bermoqda. 
Kichik tadbirkorlik subyektlarining yagona soliq to‘lovi soliqlar, 
budjetdan tashqari (Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘ar-
masiga va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar o‘rniga) 
ko‘rinishidagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy etilishi kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan 
qo‘shimcha omil bo‘ldi.
2-jadval

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling