Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Soliqqa tortishning huquqiy prinsiplari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Soliqqa tortishning huquqiy prinsiplari: 
• barobar soliq yuki prinsipi
• soliqlarni qonunlar orqali belgilash prinsipi;
• soliq qonunlarining orqaga qaytish kuchiga ega emasligi to‘g‘risidagi 
prinsip; 
• soliq qonunlarining soliq sohasiga kirmagan qonunlaridan ustunlik 
prinsipi; 
• soliq qonunchiligida barcha soliq elementlarining mavjudlik prinsipi; 


 469
• soliq qonunchiligini talqin qilishda xususiy mulk egasining 
prezumpsiya prinsipi; 
• xalqaro huquq me’yorlarining ustuvorligi prinsipi. 
Soliq bazasi – soliq olinadigan pul miqdori. 
Soliq tizimi – mamlakatda mavjud bo‘lgan soliqlar, ularni undirish shakl 
va usullari, shuningdek tegishli davlat tashkilotlari va muassasalarining o‘zaro 
aloqador birligi.
Soliq stavkasi – soliq bazasining soliq to‘lovchi shaxs u yoki bu soliq 
tarzida to‘lashi lozim bo‘lgan qismi. 
Soliq to‘lovchi – qonunda soliq majburiyatlari yuklatilgan iqtisodiy agent. 
Soliqning o‘rtacha stavkasi (AT) – soliqqa tortiladigan daromad 
miqdoriga bo‘lingan umumiy soliq. 
Fiskal siyosat – hukumatning to‘liq ish bilan bandlik va narx darajasining 
barqarorligi sharoitida iqtisodiy o‘sishning yangi sifati barqaror sur’atlarda 
oshib borishi uchun qo‘llaydigan davlat xarajatlarini va soliqqa tortish tartibini 
o‘zgartirish borasidagi choralari tizimi. 
Ekspansionistik fiskal siyosat – davlat xarajatlarini ko‘paytirish, 
soliqlarni kamaytirish yoxud ushbu choralarni birgalikda qo‘llash. 
Restruktiv fiskal siyosat – davlat xarajatlarining qisqartirilishi, 
soliqlarning ko‘paytirilishi yoxud ushbu choralarning birgalikda qo‘llanishi. 
Soliqning eng katta stavkasi (MT) – daromadning har bir qo‘shimcha 
so‘mi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha soliq kattaligi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling