Preferensiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga
solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga
nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Soliq krediti – budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini ma’lum
muddatga kamaytirish, kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki soliqni qaytarish
shakli.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning ayrim
toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi
soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, shuningdek ular yuzasidan soliq
hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi
alohida tartibi.
Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi
hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi.
Soliq yukini yengillashtirish – soliqlarning foiz stavkalarini kamaytirish
va imtiyozlar yaratish.
Soliq imtiyozi deganda, soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa
soliq to‘lovchilar bilan qiyoslaganda, soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan afzalliklar berilishi, shu jumladan soliq (yig‘im) to‘lamaslik
yoxud kam hajmda to‘lash imkoniyati tushuniladi.
Soliqqa tortish obyektining to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro
munosabatlariga qarab bevosita (shaxsiy daromad solig‘i, real mol-mulk
solig‘i) va bilvosita (individual soliq, universal QQS, import-bojxona bojlari)
soliqlarga bo‘linadi.
Hamma soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:
• iste’molga qo‘llaniladigan soliqlar;
• daromadga qo‘llaniladigan soliqlar;
• mulkka qo‘llaniladigan soliqlar;
471
• boshqa soliqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |