Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Hukumat xaridlari – ijtimoiy tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
bo‘lgan hamda budjetning bir qator xarajatga oid moddalarini – fundamental 
fan, milliy mudofaa, tashqi siyosatni moddiy ta’minlash, ma’muriy-boshqaruv 
xarajatlari kabilarni qamrab olgan xaridlar. 
Davlat soliq tizimini davlat tomonidan o‘rnatilgan barcha soliqlar
yig‘imlar va boshqa budjetga undiriladigan majburiy to‘lovlar majmui, 
ularning tuzilish shakli va metodlari tashkil etadi. 
Soliqqa tortish subyekti (soliq to‘lovchi) – qonunga ko‘ra soliqlar, 
yig‘imlar va to‘lovlarni huquqiy jihatdan to‘lash majburiyati yuklatilgan 
yuridik va jismoniy shaxslar. 
Soliqqa tortish obyekti yoki soliqqa tortish bilan bog‘liq obyekt deganda
soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladigan daromadi va mol-mulkiga aytiladi. 
Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymatiga oid, moddiy yoki boshqa 
tavsifidan iborat bo‘lib, unga asoslangan holda budjetga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan soliq va boshqa to‘lovlarning summalari aniqlanadi. 


 470
Soliq davri deganda, Soliq kodeksiga asosan budjetga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan ayrim soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga nisbatan qo‘llaniladigan, 
tugashi bilan soliq bazasi belgilanadigan va to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq va 
majburiy to‘lovlarning summasi hisoblanadigan davrga aytiladi.
Boshqacha aytganda, soliq stavkasi bu soliqqa tortish me’yoridir. 
Unifikatsiya turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa
qo‘llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarning ratsional jihatdan 
birxilligini ta’minlash. 
Soliqlarni unifikatsiya qilish  soliq mexanizmini soddalashtirish 
maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish obyekti o‘xshash bo‘lgan soliq 
turlarini birxillashtirish. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling