Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tayanch tushunchalar: 
Soliq, yig‘imlar, soliq stavkalari, soliq qonunchiligi, soliq tizimi, soliq 
turlari, to‘g‘ri soliqlar, egri soliqlar, davlatning soliq siyosati, soliq 
ayovchanligi, qulay soliq imtiyozlari, soliq muhiti, soliq to‘lovchilar intizomi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Soliqlarning iqtisodiy va huquqiy mazmunini tushuntirib bering. 
2. Iqtisodchi olimlarning soliqlarga oid qarashlarini (Fisher, Volter) 
yozma sharhlab bering. 


 468
3. Soliqlar nima uchun zaruriyat hisoblanadi? 
4. Soliqlar qanday vazifalarni bajaradi? 
5. Soliqlarning milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini tushuntiring. 
6. To‘g‘ri va egri soliqlarning mohiyatini yoritib bering. 
7. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qachon qabul qilingan? 
8. Soliq yuki nima? 
9. Soliqlar qanday undiriladi? 
10. Soliq organlarining huquq va majburiyatlari nimalardan iboratligini 
tushuntirib bering. 
11. Soliq ayovchanligi nima? 
12. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekistonda soliq 
tendensiyalari qanday?
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi 
Soliq – xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunga muvofiq amalga oshiradigan 
majburiy to‘lov. 
Soliqqa tortishning bazaviy muammosi – adolat va samaradorlikning 
ziddiyatli birligi.
Soliq (ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan)  – xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
o‘rtasida daromadni ayni vaqtda individga, ya’ni inson va jamiyat a’zosi 
bo‘lgan, inson manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlash borasida yuzaga keladigan 
ijtimoiy munosabatlar shakli. 
Soliqlar – davlat budjeti yoki mahalliy budjetlarga jismoniy yoki yuridik 
shaxslar tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari yoki ishlab 
chiqarish omillaridan foydalanganliklari uchun majburiy to‘lovlar.
Soliq huquqi – huquqiy normalarning majmui bo‘lib, u davlat soliq 
tuzilmasini aniqlaydi, soliq tizimini belgilab beradi, shuningdek soliq 
majburiyatlarini bajarish jarayonida hosil bo‘ladigan munosabatlarni tartibga 
solib turadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling