Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Modernizatsiya strategiyasini amalga oshirish yillarida qishloq xo‘jaligi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik yillarida yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligining ulushi, foizda
Modernizatsiya strategiyasini amalga oshirish yillarida qishloq xo‘jaligi
yalpi mahsulotining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari, foizda Yillar 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 Foiz 105,4 106,7 106,1 104,5 105,7 106,8 106,6 3-jadval Mustaqillik yillarida yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligining ulushi, foizda Yillar 1990 2000 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 Foiz 33,4 30,1 26,3 25,1 21,7 19,4 18,2 17,5 17,1 O‘tgan 2005–2011-yillar davomida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsu- lotining o‘rtacha yillik barqaror o‘sish sur’atlari dinamikasi ta’minlandi. Xususan, bu ko‘rsatkich 2005-yilda 105,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda 106,6 foizga teng bo‘ldi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti salmog‘ining 1990-yildagi 33,4 foizdan 2011-yilda 17,1 foizga pasayishi ijobiy holdir. Bu, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotida industrial sanoat tarmoqlari va xizmatlarning jadal rivojlanib borayotgani bilan izohlanadi. Istiqlol yillaridagi tub o‘zgarishlar ko‘p ukladli, ya’ni teng huquqli, daxlsiz, davlat himoyasidagi turli xil mulk shakllarini mustahkam qaror toptirish jamiyat iqtisodiy asoslarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu islohotlarni amalga oshirishning asosiy masalalaridan biridir. Ushbu jarayon qishloq xo‘jaligida mulkdorlar sinfi manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratish zarurligini anglatadi. Ana shu sababdan ham Prezident Islom Karimov: «Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqur- lashtirish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, ularga yanada keng yo‘l ochib berish, bu borada yangi imtiyoz va imkoniyatlarni tug‘dirish, qisqacha aytganda, qishloqda paydo bo‘layotgan mulkiy munosabatlarni, yangi o‘rta sinf vakillari – mulkdorlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarning manfaatlarini himoyalash 478 bugungi kunda eng katta ahamiyatga ega», – deb alohida ta’kidlangani bejiz emas. Albatta, yuqoridagi masalalarning hal qilinishi bu sohada o‘zining ichki samarali rivojlanish tuzilmasiga ega bo‘lgan, shu bilan birga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib boriladigan yagona ishlab chiqarish tizimini yanada takomillashtirishga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi, ular talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejali boshqarilgan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlat ustuvorligida qishloq xo‘jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda, mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda, natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning har xil turlarini yaratish, ularni rivojlantirish yo‘lidan borilmoqda, yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer-suv, kapital, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, daromad, foyda va ularning taqsimlanishi, inves- titsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini xalqaro munosabatlar asosida tashkil etish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda, rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Demak, qishloq xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va ularni hayotga joriy etish masalalarini, yo‘llarini o‘rgatish «iqtisodiyot nazariyasi»hamda «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining ham predmeti, ham maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi predmeti (maqsadi)ni hal etish uchun quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy, uslubiy asoslarini o‘rgatish lozim: • qishloq xo‘jaligining bosqichma-bosqich rivojlanishini, uning res- publika iqtisodiyotidagi o‘rni, ahamiyati hamda o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlashni; • qishloq xo‘jaligiga davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ularning rivojlantirish yo‘llarini, masalalarini ko‘rsatish; 479 • qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yo‘llari; • qishloq xo‘jaligining cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish tartibini o‘rganish, ularni takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab berish; • qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan doimiy va o‘zgaruvchan, o‘rtacha xarajatlarni, ularning tarkibi va kamaytirish yo‘llarini, yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini o‘rgatish; • qishloq xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda foydalanilayotgan baholarning tizimini, tarkibini, mazmunini, daromad va foydani aniqlash, ularni oqilona taqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish; • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslash- ganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini va boshqa masalalarini o‘rganish. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling