Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Qishloq xo‘jaligining mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Qishloq xo‘jaligining mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini 
ta’minlashdagi o‘rni 
Odamlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish dunyoda 
abadiy muammo bo‘lgan va doimo dolzarb bo‘ladi. Oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish hayotning birinchi sharti hisoblanadi. Shu 
bois, u doimo va o‘sib boruvchi hajmlarda amalga oshirilishi kerak, 
chunki sayyoramiz aholisi ortib bormoqda. 
Oziq-ovqat xavfsizligi bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining taklifi 
bilan aholi uchun maqbul narxlardagi joriy iste’mol talabi o‘rtasida 
yetarlicha assortimentda muvozanat bo‘ladigan, shuningdek mahsulot-
larning zarur zaxirasi yaratiladigan holati. 
Inson va jamiyatning oziq-ovqat xavfsizligi ular hayotidagi asosiy 
muammodir. Shu bois, 1996-yil oxirida Rimda Butunjahon oziq-ovqat 
anjumani bo‘lib o‘tgani bejiz emas, unda 130 ta mamlakat ishtirok etdi va 


 492
«Yer aholisini qanday qilib boqish mumkin?» degan masala muhokama 
qilindi. Anjumanda gap asosan odamlar ochlikdan o‘layotgan, kam rivoj-
langan mamlakatlarga oziq-ovqatlar bilan yordam ko‘rsatish haqida bordi. 
Ana shu maqsadda 2015-yilga borib dunyoda to‘yib ovqat 
yemayotgan odamlar sonini 2 baravar kamaytirish vazifasi qo‘yildi. Biroq 
2002-yilning iyulida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti 
(FAO) o‘tkazgan anjuman jahon hamjamiyati qo‘yilgan vazifalarni 
bajarmayotganini tan oldi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda 
har kuni 360 
ta odam ochlikdan o‘lmoqda. Shu bois, oziq-ovqat 
xavfsizligi XXI asrda ham dolzarbligicha qolmoqda. 
Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid deganda, oziq-ovqat bozorida oxirgi 
iste’molchilar uchun noqulay vaziyat o‘zgarishlariga olib keladigan shart-
sharoit va omillar majmui tushuniladi. Oziq-ovqat xavfsizligiga tashqi va 
ichki tahdidlar ta’sir ko‘rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlarning 
tashqi shart-sharoitlari iqtisodiyotning ochiqligi omili bilan bog‘liq. Ichki 
tahdidlar mamlakat iqtisodiyoti doirasida hosil bo‘ladigan ommaviy talab 
va ommaviy taklif o‘zgarishlarini nazarda tutuvchi ichki omillar ta’sirida 
yuzaga keladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari taklifi nuqtai nazaridan 
bozor vaziyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri iqtisodiyot 
agrar sektorining beqaror faoliyat ko‘rsatishi va buning oziq-ovqat 
xavfsizligiga salbiy ta’sir etishidir. 
O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi. O‘zbekistonning Konsti-

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling