Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
tutsiyasini atroflicha o‘rgangan inson O‘zbekiston siyosati insonning
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
tutsiyasini atroflicha o‘rgangan inson O‘zbekiston siyosati insonning
munosib hayoti va erkin rivojlanishini ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan davlat ekanligiga iqror bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, oziq-ovqat xavfsizligi odamlar hayotini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi, u birinchi navbatda, insonning asosiy huquqi uning mavjudligini ta’minlashga bo‘lgan huquqini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy yo‘nalishni aks ettiradi. Oziq-ovqat xavfsizligi milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismidir, chunki u asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror ishlab chiqarilishi va aholining undan foydalana olishini ta’minlaydi. Ma’lumki, mustaqil O‘zbekistonda hozirgi zamon qishloq xo‘jaligini isloh qilishning muhim siyosiy xususiyati mavjud. Ana shu xususiyatni ko‘zda tutgan holda davlatimiz rahbari shunday deb ta’kidlagan: «Bugun shuni chuqurroq anglamoqdamizki, umuman jamiyatimizning yangila- nishi samaradorligi, mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarning rivojlanishi darajasi qishloq xo‘jaligini isloh qilishning qanchalik muvaffaqiyatli kechayotganligiga, bu jarayon qishloq hayotining barcha 493 jabhalariga qanchalik chuqurroq singib borayotganligiga bog‘liq» 1 . Qishloq xo‘jaligini isloh qilishning fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi aytib o‘tilgan siyosiy omili tarkibida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va xalq farovonligini oshirish masalalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ushbu masalalar davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat dasturini ishlab chiqish, uni amalga oshirishda ko‘p sonli jamoat institutlari ishtiroki borasida: «2009-yilning «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb e’lon qilinishidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan keng ko‘lamli va chuqur islohotlar mohiyatini barchamizga ma’lum oddiy bir haqiqat bilan ifodalash mumkin: qishloq rivoj topsa dasturxonimiz noz-ne’matlarga to‘ladi, turmushimiz sifati ortadi. Oqibat natijada oziq-ovqat xavfsizligi va xalqimizning farovonligi o‘sishi uchun ishonchli va barqaror zamin yaratiladi, mamlakatimizning qiyofasi tubdan o‘zgaradi» 2 , – deb ta’kidlaganida taraqqiyotning bardavomligini sezmaslik, ko‘rmaslik mumkin emas. Ma’lumki, «oziq-ovqat xavfsizligi» zamonaviy iqtisodiy, huquqiy va siyosiy fanlarning fundamental tushunchalaridan biridir. Ushbu tushuncha «oziq-ovqat bilan ta’minlanganlik» tushunchasining sinonimi bo‘lib, ayni paytda BMTning rasmiy terminologiyasiga muvofiq «oziq-ovqat siyosati», «oziq-ovqat rejalashtirilishi», «oziq-ovqat ta’minoti», «oziq- ovqat ehtiyojlari», «oziq-ovqat rezervlari», «oziq-ovqat resurslari» kabi turdosh atamalar bilan uzviy bog‘liq. Bundan ko‘rinadiki, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning doirasi birmuncha keng. Oziq-ovqat xavfsizligi muammolari umuman butun dunyoda va xususan, ayrim hududlarda bugun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada misol sifatida shuni qayd etish mumkinki, g‘allaning jahon narxi 2006-yilga nisbatan o‘rta hisobda ikki baravar, sabzavotlarning narxi ikki baravardan ziyod oshgan 3 . Bunday sharoitda anglanadiki, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizdagi yetishtiriladigan 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ԕɢɲɥɨԕ ɯʆɠɚɥɢɝɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ – ɯɚɥԕ ɮɚɪɨɜɨɧɥɢɝɢ ɦɚɧɛɚɢɞɢɪ // ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɉɪɟɡɢɞɟɧɬɢ ɦɚɬɛɭɨɬ ɯɢɡɦɚɬɢɧɢɧɝ ȼɟɛ- ɫɚɣɬɢ – www/press-service.uz; 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɯɚɥԕɢɝɚ ɹɧɝɢ-ɣɢɥ ɬɚɛɪɢɝɢ // ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫ- ɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɉɪɟɡɢɞɟɧɬɢ ɦɚɬɛɭɨɬ ɯɢɡɦɚɬɢɧɢɧɝ ȼɟɛ-ɫɚɣɬɢ – www.press-service.uz . 3 ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɉɪɟɡɢɞɟɧɬɢɧɢɧɝ «Ɉɡɢԕ-ɨɜԕɚɬ ɷɤɢɧɥɚɪɢ ɷɤɢɥɚ- ɞɢɝɚɧ ɦɚɣɞɨɧɥɚɪɧɢ ɨɩɬɢɦɚɥɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɭɥɚɪɧɢ ɟɬɢɲɬɢɪɢɲɧɢ ɤʆɩɚɣɬɢɪɢɲ ɱɨɪɚ-ɬɚɞɛɢɪɥɚɪɢ ɬʆԑɪɢɫɢɞɚ»ɝɢ 2008-ɣɢɥ 20-ɨɤɬɹɛɪɶ ɉɎ-4041-ɮɚɪɦɨɧɢɝɚ ɲɚɪԟ // ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɇɢɥɥɢɣ ɚɯɛɨɪɨɬ ɚɝɟɧɬɥɢɝɢɧɢɧɝ ɜɟɛ-ɫɚɣɬɢ – www.uza.uz; 494 oziq-ovqat mollari bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash, ularning hajmini va turlarini ko‘paytirish, sifatini oshirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlarining oziq-ovqat ta’minotidagi ishtiroki nimalarda ifodalanadi? Bir necha misol keltiramiz. O‘zbekistonda qadimdan sug‘orish tizimi mavjud bo‘lgan. Sug‘orila- digan dehqonchilik respublikamiz oziq-ovqat mustaqilligining asosi hamda asosiy eksport mahsulotlari manbaidir. Mamlakatimizda, ayniqsa, mustaqillik yillarida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish, moliyalash mexanizmlarini takomillashtirishga tizimli, izchil va boqichma-bosqich e’tibor qaratib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining 2007-yil 29-oktabrdagi «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu borada muhim dasturilamaldir. Uni amalga oshirish doirasida jamoat tashkilotlari (O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar) tomonidan irrigatsiya, melioratsiya, agrosanoat sohalari Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling