Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar 
bajarilmoqda. 
Bu boradagi faoliyat suv resurslari taqchilligi kabi muammoni yengib 
o‘tishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Suv resurslarini boshqarishni 
takomillashtirish, ulardan oqilona foydalanish qishloq xo‘jaligining izchil 
rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash barobarida 
odamlarning salomatligini, atrof-muhit muhofazasini yaxshilashga, 
ekologik barqarorlikni saqlashga ko‘maklashadi. Mazkur taqchillikni 
yengib o‘tishda, fuqarolik jamiyatini ushbu jarayonga jalb etishda ko‘rib 
chiqilayotgan mavzuga bevosita aloqador bo‘lgan qonunlarni, masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi 
qonunini amalga oshirish jarayoni bo‘yicha jamoatchilik tinglovi muhim 
ahamiyatga ega. Bunday tinglovlar Oliy Majlis Senati, davlat va 
jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari, olimlar, ekologlar, suv muammolari 
bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladi. 
Ma’lumki, suv resurslarini barqaror boshqarishni ta’minlash bevosita 
yerdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi 
muammolarning hal qilinishi bilan bog‘liq. Shu sababli yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan sohalarga oid qonunchilikning yanada takomillashtirilishi, yangi 
qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi, agromadaniyatni yanada 
oshirish bugungi kunning muhim talabidir. Ushbu ishlarda nafaqat davlat 
tashkilotlari, balki jamoat tashkilotlari, iqtisodiy tuzilmalar va fuqarolar 


 495
ham ishtirok etishi zarur. Fuqarolik jamiyati institutlari va xo‘jalik boshqaruvi 
organlarining amaliy hamkorligigaIjtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi va «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasining «Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Uchsoy qo‘rg‘oni aholisini ichimlik 
suvi bilan ta’minlash» qo‘shma loyihasi yaqqol misol bo‘la oladi. Loyiha 
Mo‘ynoq–Uchquduq suv quvuri qurilishini yakunlashga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, shu maqsadda temirbeton rezervuarlar o‘rnatiladi, nasos stansiyasi, 
markaziy suv quvuri va xo‘jaliklararo suv quvurlari quriladi. 
Ma’lumki, Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini ko‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida ularning barqaror faoliyatini ta’minlash, 
eksport salohiyatini oshirish, o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lamini 
kengaytirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan qo‘shimcha choralar ichki manbalar 
hisobidan mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun 
ishonchli zaxiralarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa jahon 
bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi sharoitida 
alohida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, bular vatanparvarlik 
tarbiyasini kuchaytirish va aholining, ayniqsa, yoshlarning iqtisodiy 
madaniyatini oshirish bo‘yicha yangi, qo‘shimcha majburiyatlarni keltirib 
chiqaradi. 
2007-yilning fevralida Toshkent shahrida bir qator jamoat 
tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan «Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarini 
ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishishga qayta yo‘naltirish: xalqaro 
va mintaqaviy tajriba» mavzuidagi xalqaro ekoforumda deklaratsiya qabul 
qilindi. Undan oziq-ovqat xavfsizligi, o‘rimdan keyingi ishlov berish 
texnologiyasi, foydani oshirish uchun qo‘shimcha qiymatni yaratish, 
ekinlarning hosildorligini oshirish, kompleks dehqonchilik yondashuv-
larini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi aylanmasida Orol dengizining 
qurigan o‘zanidan foydalanish maqsadida tadqiqotlar olib borish kabi 
yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar o‘rin olgan. Bunga, shuningdek, qimmatli 
genetik resurslarni saqlash, tabiiy resurslardan ekologik samarali foydalanish, 
mintaqaviy va xalqaro miqyoslarda ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy tadqiqotlar olib
borish va hamkorlik kabi masalalar kiritilgan. Bular O‘zbekistonda 
yaratilgan ekologik harakat vazifalari hisoblanadi.
«Qishloq xo‘jaligida islohotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan bosh 
maqsad odamlarda yerga egalik, mulkchilik hissini shakllantirish orqali 
xalqimizning farovonligini yanada oshirishdan iborat», – deb ta’kidladi 
davlatimiz rahbari «Uzbekistan Agriminitech Expo» ko‘rgazmasiga tashrif 
buyurgan chog‘da. – Zero, moddiy manfaatdorlik odamlarni yangi 
tashabbuslarga va yutuqlarga rag‘batlantiradi. Ko‘rgazma savdo davomida 


 496
zamonaviy texnika va texnologiyalarni xarid qiluvchi fermerlarimiz shuni 
nazarda tutishlari zarurki, ular sarflagan har bir so‘m ertaga o‘n baravar 
foyda keltirishi zarur». 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling