Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga davlat 
budjetidan 
ajratilayotgan subsidiyalar qiymati, milliard so‘mda
Yillar 
2008 2009 2010 2011 2012 
Milliard 
so‘m 
60 120 130 140 
160 
Ushbu mablag‘lar fermerlarning xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi 
tashkilotlar oldidagi qarzlarini qisqartirishda salmoqli manba bo‘lmoqda. 
Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni 
kengaytirish va agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan 
jami 575 gektar yer maydonlarida intensiv bog‘lar barpo etildi. Bu 


 489
bog‘larda yuqori iste’mol xususiyatiga ega va serhosil bo‘lgan mevali 
daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bunday bog‘larning yaratilishi mamla-
katimiz aholisini sifatli meva mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash 
imkonini yaratadi. Birgina 2011-yilning kuzi va 2012-yilning bahorida 
jami 7661 gektar maydonda yangi mevali bog‘lar, shundan 2110 gektar 
yer maydoniga intensiv bog‘lar barpo etish, 8518,8 gektar maydondagi 
bog‘larni qayta ekish uchun rekonstruksiya qilish belgilangan.
Mamlakatimiz aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir 
me’yorda ta’minlab borish uchun keng tarmoqli sovitish kameralariga ega 
bo‘lgan omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 
105-sonli qaroriga muvofiq, aholi va tashqi bozorlarga yil davomida 
muntazam meva-sabzavotlarni sof holda yetkazib berish maqsadida 2011–
2015-yillarda 120,8 ming tonna sig‘imga ega yangi sovitish kameralarini 
qurish va 49,1 ming tonna sig‘imga ega mavjud sovitish kameralarini 
modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. 
Qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish 
vazifasi, birinchi navbatda, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi va 
irrigatsiya-melioratsiya holatiga bog‘liq. Ilmiy tadqiqot ishlarining 
natijalariga ko‘ra, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda ekinlarning hosildorligi 
sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan 50–60 foizga, o‘ta sho‘rlangan yerlarda 
esa 90–100 foizga past bo‘lishi aniqlangan. 
Hozirgi vaqtda yurtimizda jami sug‘oriladigan yerlarning qariyb 49 
foizi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, buning qariyb 18 foizi kuchli va 
o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardir, 23 foizdan ortig‘i boniteti past yerlar 
toifasiga kiradi. O‘tgan yillar davomida sug‘oriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari hukumatimizning doimiy 
e’tiborida bo‘lib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 
29-oktabrdagi «Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning tizimlarini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3932-sonli 
farmoniga muvofiq, «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2008–
2012-yillarda yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» ishlab chiqildi. 
Dasturda meliorativ tizimlarni rivojlantirish va takomillashtirish hamda 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan quyidagi 
tadbirlar majmuini amalga oshirish mo‘ljallandi: 
1) magistral va xo‘jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni
meliorativ nasos stansiyalarini qurish va qayta tiklash, yopiq-yotiq 
drenajlarni tiklash; 


 490
2) meliorativ nasos stansiyalarini, gidrotexnika va suv o‘tkazuvchi 
inshootlarni va boshqa meliorativ obyektlarni ta’mirlash 
– 
tiklash 
ishlarini amalga oshirish
3) suv xo‘jaligi qurilishi va suvdan foydalanish tashkilotlarining 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 
6-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling