Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Yerga mulkchilik masalasining hal etilishi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Yerga mulkchilik masalasining hal etilishi. O‘zbekiston Res-
publikasining «Yer to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, yerga qanday 
munosabatda bo‘lish zarurligi ko‘rsatib berildi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotilmasligi, 
balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi 
ta’kidlandi. 
Yerga munosabat masalasini hal etishda dehqonda yerga xo‘jayinlik 
tuyg‘usini qayta tiklash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois 
O‘zbekistonda yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan uzoq muddatga 
(49–50 yilga, bu masala 1999–2000-yillardan boshlab, shu tarzda hal 
qilina boshlandi) ijaraga berish yo‘li bilan erishiladi. 
Davlatning yerning meliorativ holatini yaxshilashga yordam 
ko‘rsatishini saqlab qolish. O‘zbekistonda 4,2 mln. gektar sug‘orila-
digan yer bo‘lib, shuning 50 foizidan sal ko‘prog‘i yaxshi holatda, qolgan 
yerlar yaxshilash va melioratsiya ishlari olib borishni talab qiladi. Buning 
uchun katta xarajat kerak. Hozir biror fermer irrigatsiya va melioratsiya 
ishlarini mustaqil amalga oshira olmaydi. Shu bois davlat melioratsiya 
tarmog‘ini loyihalash, qurish, yerlarning sho‘r bosishi, botqoqlanishining 
oldini olish masalalarini hal qiladi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish 
va shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘paytirish uchun 
zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida melioratsiya tizimlarini qurish 
va ta’mirlash qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga kompleks 
yondashuvni ta’minlashga qaratilgan 2008–2012-yillarda «Sug‘oriladigan 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi» qabul qilindi. 
Melioratsiya ishlarini moliyalashning ishonchli mexanizmini ta’minlash 
maqsadida «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
jamg‘armasi» tashkil etildi. Yerlarning unumdorligini oshirish borasidagi 
ishlarni moliyalashtirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruv-
chilariga davlat yordamini ko‘rsatish mazkur jamg‘armaning asosiy 
vazifasidir. 
Quyidagilar qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlarning sifat 
natijasi tariqasida namoyon bo‘ldi: 


 486
– ishlab chiqarish samaradorligi oshdi, natijada asosiy qishloq 
xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorva mahsuldorligi o‘sdi; 
– xususiy fermer xo‘jaliklarida rentabellik ortdi va oziq-ovqat 
mahsulotlarini barqaror tarzda ishlab chiqarish borasida mamlakatimizda 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydigan darajada ijobiy o‘zgarishlar yuz 
berdi. 
4-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling