Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Fermer xo‘jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan
holda, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt. Fermer xo‘jaligining yashovchanligi uning afzalligida. Bu xo‘jalik- ning samaradorligi, binobarin afzalligi quyidagilar bilan izohlanadi: – fermer xo‘jaligida mehnat va mulk bevosita qo‘shiladi, fermer o‘z mulkida o‘z mehnati bilan ishlaydi. Yollanma mehnat qo‘shimcha ahamiyatga ega. Fermer o‘zi uchun ishlaydi; – fermer xo‘jaligi mutlaqo mustaqil, biron-bir tarzda monopol- lashmagan xo‘jalik, uning faoliyatini bozor qonunlari boshqaradi; – fermer xo‘jaligida tadbirkorlik va mehnat funksiyasi uzviy qo‘shiladi. Bu yerda ishbilarmonlik va mehnatsevarlik birgalikda amal qilganidan, iqtisodiy manfaat va mas’uliyat yagona faoliyatning ikki tomonini tashkil etadi; – fermer xo‘jaligi sohibkor dehqon xo‘jaligi bo‘lganidan, bu yerda kam foyda bilan ham ԕɚɧɨɚɬɥɚɧɢɲ mumkin, chunki u davlatning yordamiga tayanadi; – fermer uchun uning xo‘jaligi faqat daromad manbai emas, balki uning uyi, oilasi istiqomat qiladigan joy, uning ishongan tayanchi. U o‘z xo‘jaligini o‘ta qadrlaydi, shu sababli uning rivoji uchun o‘z mehnatini ayamaydi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil etish asosida ularning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: – mulkiy va tarkibiy islohotlar; – yerdan foydalanish borasidagi islohotlar; – suv va suvdan foydalanish munosabatlaridagi islohotlar; – moliya-kredit, soliq va sug‘urta sohasidagi islohotlar; – narx-navo tizimidagi islohotlar. Agrar sohada amalga oshirilayotgan mulkiy-tarkibiy islohotlarda, birinchi navbatda, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- 485 lashtirish, turli mulk shakllariga, eng avvalo, xususiy mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy etishga muhim e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari quyida- gilardan iborat bo‘ldi: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling