Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi, kg Mahsulotlar turlari 1991-yil 2011-yil 2011-yil 1991- yilga nisbatan, barobar Meva 24,0 60,1 2,5 barobar Uzum 24,0 35,1 1,4 barobar Sabzavot 138,6 225,0 1,6 barobar Kartoshka 15,1 60,5 4,0 barobar Poliz mahsulotlari 39,0 42,0 1,07 barobar Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. Mustaqillik yillarida agrar sohada bosqichma-bosqich olib borilgan izchil islohotlar tufayli respublikamizda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish miqdori barqaror o‘sib bordi. Jumladan, 2011-yilda 1991-yilga nisbatan aholi jon boshiga go‘sht mahsulotlari iste’mol qilish 31 kilogrammdan 38 kilogrammga yoki 122,6 foizga, sut mahsulotlari 183 kilogrammdan 239 kilogrammga yoki 130,3 foizga, tuxum 97 donadan 138 donaga yoki 142,3 foizga oshgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi aniq-ravshan belgilab olindi. Mazkur strategiya zamirida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, paxta yakkahokimligiga barham berish, yurtimiz 476 aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, g‘alla bilan ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, oziq-ovqat mustaqilligiga erishish vazifasi mujassam edi. 1998-yilda qishloqda faol institutsional o‘zgarishlar bosqichi boshlandi. Agrar islohotlar hamma joyda bozor munosabatlarini joriy qilish va xususiy mulk shaklini rivojlantirishga qaratildi. Zarar ko‘rib ishlayotgan hamda samarasi past jamoa va kooperativ xo‘jaliklari tugatilib, ularning yerlari uzoq muddatli ijaraga xususiy fermer xo‘jaliklariga yoki umrbod meros huquqi bilan dehqon xo‘jaliklariga berildi. Fermerlik harakatini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imtiyozlar berildi, xususiy fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlarini maqbullashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, paxtaning tezpishar va serhosil navlarini yaratish, shuningdek, paxta navlarini har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv bilan ta’minlanish darajasini inobatga olgan holda, rayonlashtirish bo‘yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Agrar sohadagi islohotlar natijasida xususiy fermer xo‘jaliklarining to‘liq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan va ularga meros huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yer resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantira- digan huquqiy shart-sharoit va kafolatlar yaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer maydonlarini 50 yil muddatga ijaraga berish mustahkamlab qo‘yilgan. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashning bozor prinsiplariga to‘liq javob beradigan va fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan tushgan o‘z daromadlari hisobidan barcha xarajatlarni qoplashda moliyaviy mablag‘lardan foydalanish usuli va shaklini tanlashda ularning mustaqil- ligini ta’minlaydigan ishonchli tizim yaratildi. Agrar sohadagi islohotlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorva mahsuldorligining oshishi uchun zamin bo‘lmoqda. Mustaqillik yillarida muhtaram Prezident Islom Karimovning tashabbusi va bevosita rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini, yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashib bormoqda. Cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda. Respublikamiz agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy 477 islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jaligining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib bormoqda (Quyidagi jadvallarga qarang). 2-jadval Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling