Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


ishchilari, fuqarolar shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

ishchilari, fuqarolar shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy 
qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul 
qilindi. Natijada o‘ta qisqa fursatda millionlab oilalarning tomorqa 
uchastkalari kengaytirildi, yuz minglab oilalar tomorqaga ega bo‘ldilar. 
Bu esa qishloq, aholisini ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash hamda turmush 
darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, 1990-yil 
28-iyulda Prezidentimizning «Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy 
gaz bilan ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. 
Mazkur farmonning qabul qilinishi qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish, 
u yerda yashovchi fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash borasida 
tashlangan yana bir muhim qadam edi. Xullas, o‘sha davrda xalqimizning 
asrlar davomidagi orzu-istaklari amalga oshishi uchun katta imkoniyatlar 
eshigi ochila boshlangan edi. 
Binobarin, jamiyat hayotini modernizatsiyalash davrida boshqa 
sohalar qatori qishloq joylarida ham ijtimoiy infratuzilmani 
takomillashtirish, aholi turmush darajasini yaxshilash muhim ahamiyat 


 475
kasb etadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, qishloqda ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholi turmush 
tarzini yuksaltirish, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash dolzarb masalalardan 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 
ma’lumotlariga qaraganda, 1990-yilda respublikamiz aholisi iste’moli 
uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, go‘sht mahsulotlarining 50 foizi, 
sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini, kartoshkaning 50 foizi, 
shakar va quruq sutning barchasi chetdan keltirilgan bo‘lsa, hozirda 
mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning barqarorligi 
hisobidan aholining asosiy iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 
deyarli yuz foiz o‘z ishlab chiqarishimiz hisobidan ta’minlanmoqda. 
1-jadval

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling