Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
7. Soliq organlarining nazorat funksiyalari buzilishi bilan bog‘liq
huquqbuzarliklar quyidagilardir: – soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlash (qasddan uzoq vaqt soliq organlariga murojaat qilish majburiyatidan bo‘yin tovlash); – soliq organlarida o‘z vaqtida ro‘yxatga qo‘yilmaslik (soliq to‘lovchi sifatida qonunlarda belgilangan muddatlarda soliq organlaridan ro‘yxat- dan o‘tmaslik); – soliq organlarining lavozimdagi shaxsi tomonidan qo‘yilgan qonuniy talab va ko‘rsatmalarga bo‘ysunmaslik (soliq organida lavozimda ishlaydigan xodimning soliq qonunchiligining buzilishini to‘g‘rilash yoki uning oldini olishga oid talab va ko‘rsatmalari uzoq muddat davomida bajarilmasa yoki tegishli ravishda bajarilmasa, agarda ularning bu xatti- harakatlari soliq qonunchiligining buzilishidan boshqacha tasniflanmasa); – soliq organlarining lavozimdagi shaxsini haqoratlash (soliq organining lavozimdagi shaxsini o‘z funksiyasini ado etayotgan vaqtda jamoatchilik oldida haqoratlasa, agar bu xatti-harakat jinoiy javobgarlikni taqozo etmasa); – soliq organining lavozimdagi shaxsiga zo‘rlik ishlatish yoxud uning mulkiga ziyon yetkazish bilan qo‘rqitish, ya’ni soliq organining 463 lavozimdagi shaxsiga qonun tomonidan yuklatilgan funksiyalarni bajarish davrida uning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki funksiyasining xususiyatini o‘zgartirishga majbur etish yoki qasd olish maqsadida soliq organining lavozimdagi shaxsiga va uning yaqinlariga zo‘rlik ishlatish yoxud uning mulkiga ziyon yetkazish bilan qo‘rqitish, agar bu harakatlar jinoiy javobgarlikka tortishni taqozo etmasa; – g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatish yoki faoliyatiga aralashish (ta’sir ko‘rsatish qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, soliq organining lavozimdagi shaxsiga, uning nazorat funksiyasini bajarishiga yoki qaror qabul qilishiga to‘siq bo‘ladigan darajadagi g‘ayriqonuniy ta’sir o‘tkazish, agar bu xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikni taqozo etmasa); – nazorat funksiyasini bajarishga qarshilik ko‘rsatish (soliq organining qarori asosida o‘tkaziladigan hujjatli yoki faktik nazoratni amalga oshirishga qasddan sharoit yaratmaslik). Soliq huquqbuzarliklarini tasniflashning yana bir necha mezonlari ham mavjud, masalan, muayyan soliqlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va boshqalar. Shu bilan birga, soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha tasniflashga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Soliq huquqbuzarligi subyektlari: – soliq organlari; – uchinchi shaxslar; – soliq to‘lovchilar bo‘lishlari mumkin. Soliq organlari, odatda, noto‘g‘ri soliq undirish, moliyaviy sanksiya- larni asossiz qo‘llash, protsedura talablariga (hujjatlarni o‘rganishga olishda, sanksiyalar qo‘llashda va h.k.) rioya qilmaslik va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etadilar. Soliq borasidagi huquq munosabatlarining subyekti bo‘lgan uchinchi shaxslarga soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan jismoniy, huquqiy va boshqa subyektlar kiradilar. Bu shaxslarning tegishli faoliyatlari, xatti-harakatlari soliq borasidagi majburiyatlarni bajarish, soliq to‘lovchilarning, vakolatli organlarning o‘z huquqlarini bajarishlari bilan bog‘liqdir. Bular kredit tashkilotlari, notariuslar, xo‘jalik munosabatlari subyektlaridir. Uchinchi shaxslar quyidagi huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin, xususan, soliq organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etmasdan yuridik shaxslarga hisob raqamlari ochish, pul miqdorlarini undirish to‘g‘risidagi soliq organlari talablarini bajarmaslik va boshqalar. Soliq to‘lovchilar uni chetlab o‘tish bilan soliq huquqbuzarliklarini sodir etadilar. Soliqni chetlash qonuniy xatti-harakat bo‘lib, qonunchilik 464 va mavjud soliq tizimi tomonidan ruxsat etiladi. Soliqni chetlashda soliq to‘lovchi bilib turib undan qochadi, lekin qonunchilikni buzmaydi. Soliq borasidagi ayrim kamchilik va noaniqliklar muayyan o‘tkinchi xususiyatga ega. Bu muayyan qonunlarni qabul qilish texnikasining mukammal emasligidan. Ba’zi hollarda ularning shoshilinch qabul qilinishi natijasidir. Bunday hollar aniqlanganda, ularning matniga o‘zgartishlar kiritilib, yangilari qabul qilinadi va mavjud muammo yechiladi. Subyektlarning xo‘jalik faoliyatida soliqni chetlab o‘tishning turli usullari mavjud. Ulardan ayrimlari xususida to‘xtalib o‘tamiz. Soliq to‘lovchining uni to‘lashdan bo‘yin tovlashi milliy moliya tizimidagi qiyinchiliklardan foydalanishga asoslanadi. Bu holatda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning vositasi – o‘zini tiyishdir, ya’ni soliq to‘lovchi soliq to‘lashdan o‘zini tiyadi, soliq to‘lash obyektiga aylanishdan xoli bo‘lishga harakat qiladi. Masalan, ba’zi kinoteatrlarning direktorlari tomoshabinlarni zalga bepul kiritib, chiptalardan soliq to‘lamaydilar. Buning natijasida davlat xazinasiga soliq tushmaydi. Yaxshiki, bunday usul amaliyotda keng tarqalmagan. Soliq qonunchiligining mukammal emasligi sababli soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash imkoniyatlari bilan birga, yana shunday holat yuzaga keladiki, qonunshunosning o‘zi soliq olishning yo‘lini qilmaydi. Bunday holat qachon yuzaga kelishi mumkin? Qonunshunos soliq to‘lovchiga soliqni belgilayotganida uning holatini bilvosita belgilar orqali baholaydi va o‘z soliq obyektidan soliq olishni ko‘zda tutmaydi. Amaliyotda xalqaro munosabatlar bilan bog‘liq soliqni to‘lamaslik ko‘rinishlari uchrab turadi. Soliq to‘lovchi davlatlarning hududiy soliq suverenitetidan foydalanadi. Bunday ko‘rinishdagi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash soliq to‘lovchining xorijiy mamlakat hududiga ko‘chishi yoki o‘z mulkini ko‘chirishi bilan amalga oshiriladi. Soliq undirish obyekti milliy soliq qonunchiligi ta’sir etuvchi hududdan, o‘zga «yengil» soliq qonunchiligi mavjud hududlarga ko‘chadilar. Shunday yo‘l-yo‘riq va vositalardan foydalanuvchilar, masalan, Liberiya, Gretsiya kabi mamlakatlarga yoki ularning bayroqlari ostida suzayotgan kemalarda yuk tashishga o‘tib oladilar. Bu mamlakatlarda soliq miqdorlari sezilarli darajada quyi stavkalarda belgilangan. Ko‘pchilik umummilliy kompaniyalar o‘z foydalarini «yengil» soliq summalari belgilangan mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazadilar. Yuqorida ta’kidlanganidek, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash o‘zga mamlakatlarga ketish orqali ham amalga oshiriladi. Bunday holatda soliq 465 to‘lovchi subyektlar shaxsiy va moddiy javobgarlikdan qutulib qoladilar. Murakkab va «qattiq» soliq tartibidan qochib ko‘pgina kompaniyalar o‘zlarining rasmiy joylarini boshqa mamlakatlarga (Lyuksemburg, Shveysariya va boshq.) almashtiradilar yoki ofshor hududlarga ko‘chib o‘tadilar. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida bir nechta (Ingushetiya, Kalmikiya) ofshor hududlar yaratilgan va ularda faqat bir-ikki turdagi soliqlar to‘lanadi, xolos. Endi soliq to‘lovchilar sodir etadigan soliq huquqbuzarliklariga to‘xtalib o‘tamiz. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling