Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Soliqlarning budjet shakllanishida ahamiyati va davlatning fiskal siyosati
Soliq kodeksi – davlat soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq
to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini, soliq ishlarini yuritish, qonun buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortish tartib-qoidalarini belgilab beruvchi qonun. Yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining 448 Soliq kodeksi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan 2007-yil dekabr oyida qabul qilinib, 2008-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan. Soliq to‘lamaslik, soliq to‘lashdan qochish va boshqa jinoyatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida (7-modda), Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (174, 167- moddalarda) hamda Jinoyat kodeksida (184-modda) ko‘zda tutilgan javobgarliklar orqali tartibga solinadi. 3. Soliqlarning budjet shakllanishida ahamiyati va davlatning fiskal siyosati Soliqlar davlatning barcha yo‘nalishdagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan asosiy moliya manbalaridan biri bo‘lib, u hukumatning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirishda asosiy qurolidir. Davlat iqtisodiyotini soliqlar orqali tartibga solish bu davlat budjetini tashkil etishning usuli bo‘lsa, soliqqa tortish yo‘li bilan esa jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarining rivojlanishiga ta’sir etishi mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi bu soliqlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, chunki soliq tushumlari davlatning iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Fiskal siyosat bu davlatning soliq – budjet siyosatidir, unga binoan soliqlar belgilanadi, budjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatiladi. Davlatning soliq siyosati soliqlar vositasida budjetga pul to‘lashga qaratiladi. Unga muvofiq, soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. Soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir etishida qo‘llaniladigan asosiy vositadir. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki, birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Soliqlar zayomlar bilan birgalikda har qanday davlatning mavjudligini hal qiluvchi asosiy manbadir. Davlat budjetidagi soliqlar va zayomlarning yuki orasidagi o‘zaro munosabat uning to‘lay olish qobiliyati va dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini belgilab beradi. Soliq tushumlari yetarli darajada bo‘lmaganda, davlat boshqa davlatlarga kredit berishlarini so‘rab murojaat etadi yoki aholi o‘rtasida davlat zayomlarini (ichki qarz olish) tarqatadi yoki chet ellik investorlarga maxsus qimmatbaho qog‘ozlar (tashqi qarz olish) chiqarib sotadi. Soliq munosabatlari umumdavlat darajasida daromadlar tizimini yaratish munosabati bilan vujudga keladigan obyektiv holatdir. Soliqlarsiz davlatning o‘zi ham bo‘lmaydi. Ba’zi davlatlarda esa soliqlar umuman 449 yo‘q. Masalan, Shimoliy Koreyaning Konstitutsiyasida quyidagilar yozilgan: «Davlat soliqlar tizimini eski jamiyatning vorisi sifatida butunlay chiqarib tashlaydi». Davlatning soliq siyosati ilmiy asosga, iqtisodiy o‘sish maqsadiga asoslangan, hukumat va boshqaruv organlarining ishlab chiqarishni ta’minlash va jamiyat boyligini oshirishga qaratilgan taktik va strategik huquqiy harakatidir. Soliq siyosatini yuritishdan maqsad faqat soliq to‘lovchilardan soliq to‘lovlarini to‘g‘ri tartibda undirish bo‘lib qolmay, balki soliqqa tortish natijasida ulardagi har tomonlama xo‘jalik-iqtisodiy munosabatlarini baholash hamdir. Demak, soliq siyosati bu qonunni avtomatik ravishda bajarish bo‘lib qolmasdan, balki uni takomillashtirish hamdir. Iqtisodchi olimlar davlat soliq siyosatini uch turga bo‘ladilar: birinchisi – maksimal soliq undiruvchilar siyosati, ular «mumkin bo‘lgan barchasini ol» prinsipiga asoslanganlar. Bunday holatda davlat uchun «soliq qopqoni» o‘rnatilgan, ya’ni soliqlarni ko‘tarish bilan davlat daromadlari baribir ortmaydi; ikkinchisi – aqlli soliqlar siyosati, bunday siyosatdan yaxshi soliq iqlimi ta’minlanadi va natijada tadbirkorlikning rivojlanishiga olib keladi; uchinchisi – shunday soliq siyosati bo‘lib, unda soliq undirish darajasi yuqori bo‘lishi bilan birga ijtimoiy himoya ham yuqori bo‘ladi. Iqtisodi rivojlangan davlatlarda yuqorida keltirilgan soliq siyosatlaridan bir vaqtning o‘zida bir nechtasi qo‘llanilishi mumkin. Ko‘pgina davlatlarda budjetning asosiy qismini soliqlar tashkil etadi. Masalan, Fransiyada davlat budjetining 95 foiz, AQShda 90 foiz, Germaniyada 80 foiz, Rossiyada 93 foiz va O‘zbekistonda o‘rtacha 96 foizini soliqlar tashkil etadi 1 . Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling