Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

«Soliqqa tortish usuli» tushunchasi ham mavjud bo‘lib, u soliq 
bazasining o‘zgarishiga qarab soliq stavkasining o‘zgarish tartibini 
belgilaydi. Odatda, tajribada soliq stavkasini belgilashda quyidagi to‘rtta 
usuldan foydalaniladi: 
 teng – hamma soliq to‘lovchilarga teng soliq summasi belgilanadi 
(ushbu soliq turi odatda yig‘imga tegishli); 
 proporsional – hamma soliq to‘lovchilar uchun teng soliq stavkasi 
qo‘llaniladi (QQS, aksiz, daromad (foyda) solig‘i); 
 progressiv – soliq bazasining ortishi bilan soliq stavkasi ham 
ortadi (jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i); 


 440
 regressiv – soliq bazasining ortishi bilan soliq stavkasi kamayadi 
(eksporterlarning daromadlaridan undiriladigan soliq eksportning umumiy 
sotilgan mahsulotga nisbatan ortishi daromad solig‘i stavkasining 
kamayishiga olib keladi). 
Soliqqa tortishning progressiv va proporsional usullarining o‘zaro 
munosabatidan soliqning ijtimoiy-siyosiy tabiati kelib chiqadi. Buni 
shunday tushuntirish mumkin, soliq har doim soliq to‘lovchining huquqini 
poymol qilish va xususiy mulkini olish bilan amalga oshirilganligi uchun 
har qanday soliq tizimi aholining ma’lum qatlamlarining jamiyatda tutgan 
o‘rnidan kelib chiqqan holda, ularning manfaatlarini hisobga oladi. Soliq 
to‘lagan odam jamiyatda erkin hisoblanadi, chunki u davlat oldidagi o‘z 
majburiyatini bajarganligi bilan qadrlanadi. 
Proporsional soliqqa tortish, odatda jamiyatning boy qatlamlari 
tomonidan ilgari surilib, buni ular tenglik va odillik tamoyillariga 
asoslanish deb tushuntiradilar. Progressiv soliq nazariyasini esa jamiyatni 
ijtimoiy tomonga yon bosganlar qo‘llab-quvvatlaydilar. Ularning fikricha, 
bunday soliqqa tortish eng odil bo‘lib, tengsizlikni kamaytirish bilan 
birga, u daromadning qayta taqsimlanishiga ta’sir etadi. 
Regressiv soliqqa tortish, odatda davlatlar tomonidan iqtisodiyotning 
ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda soliqni 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling