439
—
xo‘jalik faoliyatining natijasi (daromad, foyda).
Soliqqa tortish obyekti va soliqqa tortish bilan bog‘liq obyekt har bir
soliq va boshqa budjetga undiriladigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha Soliq
kodeksiga asosan aniqlanadi. Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘ining
soliq solish obyekti bo‘lib, soliq solish oboroti va soliq solish importi
hisoblanadi.
Soliq majburiyatining paydo bo‘lish vaqtini to‘g‘ri aniqlash uchun
soliq bazasini tashkil etish usuli katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bunda
asosan ikki usul qo‘llaniladi – kassa va hisoblash usullari.
Kassa usulida daromad soliq to‘lovchiga aniq
davr ichida tushgan
summaga to‘g‘ri keladi, xarajat deganda esa, real to‘langan summalar
hisobga olinadi. Daromad hisoblashning kassa usuli odatda chakana
savdoda qo‘llaniladi, chunki u yerda sotish vaqti to‘lash vaqtiga mos
keladi.
Hisoblash usulida ushbu soliq davrida olish huquqi mavjud bo‘lgan
barcha daromadlar, ularning haqiqatda olingan
yoki olinmaganligidan
qat’i nazar, hisobga olinadi, xarajatlar esa joriy davrda mulkiy
majburiyatlar summasi paydo bo‘lishi bilan hosil bo‘ladi. Bunda
majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganligi ahamiyatga ega
bo‘lmaydi.
Soliq stavkasi – bu soliq hisoblanadigan
soliq bazasining birlik
hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi. Boshqacha qilib
aytganda, soliq stavkasi bu soliqqa tortish me’yoridir.
Soliq stavkasi qat’iy yoki
foiz ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘ining soliq stavkasi – soliq solish
oboroti va import oborotining 20 foiz qismini tashkil etadi (bu foiz
stavkasi). Qat’iy soliq stavkasiga yer solig‘ining stavkasi misol bo‘la
oladi. Bunda soliq solish birligiga (yer uchastkasining maydoni) qat’iy
soliq summasi to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: