Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan, qonun 
oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, 
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i 
nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. 
Iqtisodiyot demokratiyani taqozo etadi. Shuning uchun ham, soliqlar 
mohiyatini ochishda uning eng demokratik to‘lov ekanligiga e’tiborni 
qaratish lozim. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida turli shakldagi 
korxonalar, birlashma va tashkilotlardan hamda aholidan ularning mulkini 
davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqsiz majburiy to‘lov qilib ololmaydi. 


 435
Belgilanayotgan soliqlar va yig‘imlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) 
yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin 
muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab quyishi yoxud soliq 
to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki 
unga to‘sqin bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalardan qat’i nazar, 
barcha daromadlarga soliq solinishi shart. 
Soliqlarning asosiy mohiyatini ularning vazifalari, ya’ni soliqlarning 
jamiyat va davlatning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy yo‘naltiruvchi 
kuch ekanligi ochib beradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotiga o‘tgan har bir 
davlatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet munosabatlariga va shu bilan birgalikda 
imtiyoz, jarima tizimlari orqali esa tovar (xizmat) ishlab chiqaruvchilarga 
ta’sir etuvchi asosiy kuch sifatida ishlatiladi. 
Soliqlar orqali davlat o‘zining bir necha muammolarini hal qiladi, 
jumladan: 
— jamiyatning mavjud ehtiyojlari va uni qondirish uchun zarur 
bo‘lgan resurslar o‘rtasidagi tenglikka erishiladi; 
— tabiat boyliklaridan unumli foydalanish uchun jarimalar va boshqa 
turdagi chegaralar qo‘yish yo‘li bilan tabiatga zararli bo‘lgan ishlab 
chiqarishlarning tarqalmasligiga erishiladi; 
— 
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa ko‘pgina turdagi jamiyatning 
muammolari hal qilinadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling