Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Investitsion kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va 
texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, 
yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalarni sotib olish 
maqsadida olingan kreditlar. So‘nggi o‘n yilda iqtisodiyotning real sektorlarini 
kreditlashga yo‘naltirilgan ichki manbalar 25 barobardan ziyodroq ko‘paydi. 


 431
2009-yilda jami bank kreditlari tarkibida uzoq muddatli kreditlarning ulushi 
78,3 foizni tashkil etgan. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, mamlakatimizdagi bank-
moliya sohasining tobora mustahkamlanib borishi amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlar moliyaviy ta’minotining kuchayishiga, iqtisodiyot real 
sektorining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga hamda barqaror iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarining ta’minlanishiga zamin yaratmoqda.
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki – iqtisodiyotning agrar sektorini 
yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni 
izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, 
uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi 
zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va 
uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari 
bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish 
maqsadida 2009-yil 30-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori 
asosida «Paxtabank» aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan. 
«Qishloq qurilish invest» ixtisoslashtirilgan sho‘’ba injiniring 
kompaniyasi – «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturini ijro 
etish hamda aholi punktlarining bosh rejalar va arxitekturaviy rejalashtirishni 
tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish asosida qishloq 
aholisining turar joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida 2009-yil 3-
avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq joylarda uy-joy 
qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling