Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bevosita soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq subyekti tomonidan 
to‘lanib, ko‘pgina holatlarda uning to‘lov qobiliyatiga qarab undiriladi. 
Bunga misol sifatida daromad solig‘ini, mol-mulk solig‘ini, ya’ni soliq 
to‘lovchining daromadidan yoki mulkidan undiriladigan soliqlarni olish 
mumkin. Bevosita soliqlar shaxsiy va real soliqlarga bo‘linadi. 
Shaxsiy soliqlar soliq to‘lovchining moliyaviy holatini va to‘lov 
qobiliyatini hisobga olgan holda, uning haqiqatda topgan daromadidan 
undiriladi. 
Real soliqlar to‘lovchining moliyaviy holatini hisobga olmagan 
holda, uning faoliyatini yoki tovarlarini, ya’ni mol-mulkni sotish, sotib 
olish yoki foydalanishni (egalik qilishni) soliqqa tortadi. Shu bilan 
birgalikda, real soliqlar to‘lovchining to‘lov holatini hisobga olmaydi. 
Bularga asosan mulk soliqlari (mol-mulk va yer soliqlari) kiradi. 
Bilvosita soliqlar yakka bilvosita, bunda odatda qat’iy, ma’lum 
guruhdagi tovarlar soliqqa tortiladi (ma’lum bir turdagi aksiz tovarlari), 
universal bilvosita, bunda imtiyozi borlaridan tashqari hamma tovarlar, 
ishlar va xizmatlarga qo‘yilgan soliqlarga (QQS) va bojxona bojlariga 
bo‘linadi. 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ
ɣʆɥɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1993. – Ȼ. 67.


 443
Agarda bevosita soliqlarning oxirgi to‘lovchisi sifatida daromad 
oluvchi bo‘lsa, bilvosita soliqlarning to‘lovchisi bo‘lib tovar 
iste’molchilari hisoblanadi. Bunda bilvosita soliq tovarning narxiga 
ustama sifatida qo‘yiladi. Soliqlarni o‘rnatish va yangilarini kiritish 
darajasiga va ularning foydalanishiga qarab, umumdavlat va mahalliy 
soliqlarga bo‘linadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasida belgilan-
ganidek, O‘zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari, 
mahalliy soliqlar, majburiy to‘lovlar va yig‘imlar amal qiladi. 
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar 
kiradi: 
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
4) aksiz solig‘i; 
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 
Boshqa majburiy to‘lovlar: 
7) 
ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar: yagona ijtimoiy 
to‘lov, fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy 
ajratmalar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajrat-
malar; 
8) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar: Respublika
yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga 
majburiy yig‘imlar; 
9) davlat boji; 
10) bojxona to‘lovlari. 
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan 
me’yorlar bo‘yicha tegishli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi: 
1) mol-mulk solig‘i; 
2) yer solig‘i; 
3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; 
4) 
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. 
Boshqa majburiy to‘lovlar: 
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im. 


 444
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan 
yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. Yuridik 
shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni 
mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik 
shaxslarning birlashmalari budjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan 
tartibda amalga oshirishlari mumkin. 
Jami daromad bilan ushbu kodeksga muvofiq, belgilanadigan 
chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda) soliq 
solish obyektidir. Jami daromadga yo‘naltirilgan tovar, bajarilgan ishlar, 
ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi 
lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar 
kiritiladi. 
Bunday daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan 
tushumlar; 
2) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, intel-
lektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya 
qilishdan keladigan daromadlar; 
3) foizlar ko‘rinishidagi daromadlar; 
4) dividendlar; 
5) tekinga olingan mol-mulklar
6) mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlar; 
7) royalti; 
8) tekin moliyaviy yordamlar (davlat budjetidan berilgan subsidiyalar 
bundan mustasno); 
9) 
da’vo muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik va deponent 
qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; 
10) 
ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali 
qarzlarning o‘rnini qoplash tariqasida olingan daromadlar; 
11) valuta hisobvaraqlaridagi kurs bo‘yicha musbiy farqlar; 
12) favqulodda daromadlar; 
13) boshqa daromadlar. 
Soliq solinadigan daromadlarni (foydalarni) belgilashda jami 
daromaddan quyidagi chegirmalar ajratiladi: 
– qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer 
solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya 
solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek bojxona 
bojlari summalari. 


 445
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy 
shaxslar jismoniy daromadiga solinadigan soliqlarni to‘lashlari shart. 
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim 
bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu 
jumladan: 
— mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar; 
— jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari; 
— 
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi 
daromadlari kiradi. 
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi 
daromaddan soliq solinadigan daromadlarni aniqlash vaqtida mazkur 
yalpi daromadni olish (topish) uchun qilingan xarajatlar, majburiy 
to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalar chegirib tashlanadi. 
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi 
daromadidan chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan xarajatlar, majburiy 
to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qo‘shilgan 
qiymat solig‘i tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar 
ko‘rsatish), ularni realizatsiya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining 
hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo‘shilgan 
qiymatning bir qismini budjetga ajratishdir. 
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilardir. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar import qilinayotgan ana shu 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 
to‘lovchilardir. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan tovarlarga va import 
qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarga aksiz solig‘i solinadi. O‘zbekiston 
Respublikasida aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki 
bunday tovarlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar budjetga 
aksiz solig‘i to‘laydilar. 
Soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik va jismoniy 
shaxslar mol-mulk solig‘i to‘lovchilardir. Yuridik shaxslar uchun asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik balans qiymati soliq 
solish obyekti hisoblanadi. 
Jismoniy shaxslar uchun: 
— ularning mulki bo‘lgan uy-joylar, kvartiralar, chorbog‘ va bog‘ 
uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati; 


 446
— ularning mulki bo‘lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyot-
lar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati 
soliq solish obyekti hisoblanadi. 
O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘lovchilardir. 
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan 
obyekt hisoblanadi: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer 
uchastkalari; 
2) qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga 
berilgan yer uchastkalari
3) korxonalar, binolar va inshootlar qurish yoki qishloq xo‘jaligiga 
taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yer 
uchastkalari; 
4) korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi o‘tishi 
bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer 
uchastkalari. 
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan 
obyekt hisoblanadi: 
1) turar joylar etagida va jamoat yerlarida shaxsiy yordamchi xo‘jalik 
yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan 
yer uchastkalari; 
2) yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan, 
umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun 
berilgan yer uchastkalari; 
4) xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar; 
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-
joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o‘tgan yer 
uchastkalari; 
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer 
uchastkalari; 
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki 
ijaraga berilgan yer uchastkalari. 
Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni O‘zbekiston 
Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni, shuningdek 
foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari 
qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar to‘laydilar. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 
solish obyektlari quyidagilardan iboratdir: 


 447
— 
foydali qazilmalar (shu jumladan, qo‘shilib chiqadigan foydali 
qazilmalar va qimmatli komponentlar) qazib olish hajmi; 
— texnogen hosilalarning (mineral xom ashyo qazib olish va ularni 
qayta ishlash chiqindilarining) hajmi; 
— foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti 
inshootlari hajmi; 
— rangli toshlar xom ashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa 
geologik kolleksiya materiallari namunalarini to‘plash uchun berib 
qo‘yilgan yer qa’ri uchastkasi maydoni. 
Tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi 
yuridik shaxslar ekologiya solig‘i to‘laydilar. 
Tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) 
tannarxi (muomala xarajatlari) soliq solish obyektidir. 
O‘z faoliyatida bevosita suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydilar. Ishlab chiqarish va 
texnika ehtiyojlari uchun yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan 
suv resurslarining hajmi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
solish obyekti hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 162-moddasida «Soliq 
davri. Hisobot davri» qayd etilgan bo‘lib, kalendar yil soliq davri, yilning 
choragi hisobot davridir deb yozilgan. Darhaqiqat, soliq haqidagi qonun 
hujjatlarida belgilangan muddatlar kalendar sana yoki yillar, yil 
choraklari, oylar, o‘n kunliklar va kunlar bilan hisoblanadigan davr o‘tishi 
bilan belgilanadi.
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash yuridik shaxslar tomonidan naqd 
pulsiz tartibda tegishli summani budjet tasnifining tegishli bo‘limi va 
paragrafiga o‘tkazish yo‘li bilan, jismoniy shaxslar tomonidan esa, naqd 
pul va pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi har bir shaxsning 
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni budjetga to‘lashi shartligi, adolatli 
soliqqa tortish, soliq tizimining yagonaligi va soliq qonunchiligining 
oshkoralik prinsiplariga asoslanadi. Soliq qonunchiligidagi prinsiplarning 
ahamiyati shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchili-
gidagi tartib, Soliq kodeksida keltirilgan soliqqa tortish prinsiplariga 
qarama-qarshi chiqa olmaydi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling