Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mustaqillik yillarida soliq siyosati


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mustaqillik yillarida soliq siyosati. O‘zbekistonda soliq 
qonunchiligini takomillashtirish, soliq yukini bosqichma-bosqich 
kamaytirib borish, soliq to‘lovchilarni ularning xo‘jalik faoliyatiga asossiz 
aralashuvlardan himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
ko‘rish bilan bir vaqtda, soliqqa tortish tizimini takomillashtirish va 
soddalashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Mustaqillik 
yillarida yurtimizda keng miqyosdagi soliq islohotlari amalga oshirildi. 
Buning natijasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, davlat 
budjetini to‘ldirishni va zarur davlat xarajatlarini moliyalashtirishni 
ta’minlaydigan va shuningdek, aholi daromadlari o‘sishini, iqtisodiyotni 
1
Qarang: Ɂɚɜɚɥɢɲɢɧɚ ɂ. Ⱥ. ɋɨɥɢԕɥɚɪ: ɧɚɡɚɪɢɹ ɜɚ ɚɦɚɥɢɺɬ. – Ɍ., 2005. – Ȼ. 36. 


 450
modernizatsiya qilish, uning yangi tarmoqlari, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan zamonaviy soliq tizimi 
yaratildi. 
1-ɠɚɞɜɚɥ
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i maksimal stavkasining 
pasayishi va shkalaning o‘zgarishi 
Iqtisodiyotda soliq yukining bosqichma-bosqich kamaytirilishi olib 
borilayotgan soliq islohotlarining eng muhim natijasi, yuqori iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bo‘ldi. 
Misol uchun, agar 1994-yili korxonalarning daromad solig‘i stavkasi 45 
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib, u 9 foizga tushdi. 
Bu borada takroriy soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda xo‘jalik 
subyektlari uchun soliq bojini kamaytirish maqsadida ilgari daromad 
solig‘i to‘lashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilgan ish haqi xarajatlari 
va boshqa bir qator xarajatlar daromad solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish 
bazasidan chiqarildi. 
Ayni vaqtda ichki talabning kengayishi, aholi real daromadlarining 
ko‘payishi va turmush darajasining yanada oshishini rag‘batlantirish 
maqsadida soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va jismoniy 
shaxslarning daromad solig‘i stavkasini sezilarli darajada pasaytirish 
chora-tadbirlari amalga oshirildi. 


 451

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling