Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
Ikkinchidan, dasturda belgilangan vazifalar orasida qishloqlarimizda
turmush sharoitini, uning sifatini tubdan yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish prinsipial muhim va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Buning uchun qishloq aholi punktlarini me’moriy 502 jihatdan loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Hududlarning me’moriy-loyihaviy qurilishi bosh rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, mintaqalarning iqlimi, demografik holati va boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, qishloq uylari va ijtimoiy inshootlarning unifikatsiya qilingan namunaviy loyihalarini tayyorlash darkor. Bu vazifalarni bajarish uchun maxsus «Qishloq qurilish loyiha» tadqiqot instituti tashkil etildi. Uchinchidan, dasturning asosiy vazifasi – qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnika hamda texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish chora- tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. To‘rtinchidan, 2008–2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora- tadbirlar tizimining izchil amalga oshirilishiga, ya’ni ekin maydonlarining meliorativ ahvolini yaxshilash, faoliyat ko‘rsatayotgan irrigatsiya- melioratsiya obyektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash, ixtisoslashgan suv xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratish darkor. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, sohaning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, eng muhimi, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini yuksaltirish, yurtimizni obod etish yo‘lida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlik harakatining samarasini yanada oshirish maqsadida yirik ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» dasturi doirasida erning unumdorligini oshirish, uning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ham salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, dastur doirasida 10 ming kilometrdan ortiq zovurlar, salkam 1000 kilometrlik drenaj tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi, 250 ta drenaj quduqlar, 15 ta melioratsiya nasos stansiyalari va inshootlari qurildi hamda ko‘plab suv inshootlari rekonstruksiya qilindi, 50 kilometr uzunlikdagi yangi kanallar va boshqa ob’ektlar qurilishi yakuniga etkazildi. O‘tgan yili yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 130 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 240 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilandi va bu qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini, fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirish imkonini beradi. Shuni 503 ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishdagi ulkan loyihalarni amalga oshirishda Osiyo Taraqqiyot banki va Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya va bir qator arab mamlakatlarining moliya institutlari tomonidan ajratilgan sarmoyalar katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va muassa- salarining faoliyati, servis xizmati tobora rivojlanib bormoqda. E’tiborli jihati, an’anaviy maishiy xizmatlar bilan bir qatorda zamonaviy telekommunikasiya tizimlari, xususan, internet, uyali aloqa, kompyuterda turli xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan yangi servis shoxobchalari jadal rivojlanmoqda va aholiga xizmat qilmoqda. Yuqoridagi chizmadan ko‘rinadiki, bu masalalarning barchasi inson salomatligi bilan bog‘liq. Bu borada 2009-yilda respublikamizdagi barcha tumanlarning markaziy shifoxonalari umumiy qiymati 12 million dollar bo‘lgan tibbiy anjomlar, 44 ta «UAZ» sanitariya mashinasi, 280 ta «Damas-ambulans» tez yordam mashinasi bilan ta’minlandi, qishloq vrachlik punktlariga 1 million dollar miqdorida tibbiy laboratoriya anjomlari etkazib berildi. Yil davomida 3 million 750 ming nafar qishloq aholisi malakali tibbiy ko‘rikdan, 22 ming nafardan ziyod homilador ayol maxsus skrining tekshiruvidan o‘tkazildi, 400 ming nafar bemor shifoxonalarda davolanib, o‘z salomatligini mustahkamladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida olis qishloq va ovullarda ham yagona namunaviy loyiha va mezonlar asosida lisey va kollejlar, maktablar qurildi. Buning natijasida barcha qishloq bolalarining zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega bo‘lishi, eng muhimi, ularning mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirib ta’lim olishiga munosib sharoitlar yaratildi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling