Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mamlakatning iqtisodiy salohiyati va milliy boyligi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
5. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati va milliy boyligi
5.1. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga oid ta’riflardan quyidagilarni keltiramiz: a) salohiyat yashirin holda mavjud va zaruriy imkoniyatlar majmui; b) salohiyat – qobiliyatlar majmui; c) salohiyat – resurslar majmui. Mazkur ta’riflardan eng ko‘p qo‘llanadigani «resurslar»ga oiddir. Ushbu mavzudagi «salohiyat» tushunchasini ta’riflashda biz ana shu yondashuvga asoslanamiz. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati – mamlakatda mavjud resurs- larning, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning eng ko‘p darajada zarur bo‘lgan hajmini ta’minlashga qodirligidir. Iqtisodiy salohiyat tarkibini ta’riflashda (aniqlashda) ikkita metodo- logik yondashuv taklif etiladi: a) milliy iqtisodiyot ega bo‘lgan resurslarni baholash; b) xo‘jalik oborotiga jalb etilayotgan barcha resurslarni qo‘llash jarayonida ehtimol tutilgan iqtisodiy natijani aniqlash. Mamlakat iqtisodiy salohiyatining tarkibi quyidagi jihatlarga ko‘ra tahlil qilinadi: uning natural-moddiy tarkibi, ya’ni resurslar to‘plami, iqtisodiy salohiyatni aniqlash va dinamikasi tomonidan; iqtisodiy salohiyatning real holati hamda rivojlanish va qo‘llanish istiqbollari nuqtai nazaridan, ya’ni bunda gap iqtisodiy salohiyatning statik va kinetik xususiyatlari haqida boradi; iqtisodiy salohiyatni boshqarishning tashkiliy shakllari nuqtai nazaridan, ya’ni uning sohalari (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish), iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalar tomonidan; ham milliy hududda, ham boshqa mamlakatlar hududida joylash- tirilgan va amal qilayotgan iqtisodiy salohiyat elementlari tomonidan, ya’ni bu jihat ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarning asosiy qismi nafaqat davlat hududida, balki xorijiy davlatlar hududida ham joylashgan holatni inobatga oladi. Bu vaziyat odatda omilli (faktorli) daromadlarni aniqlashda hisobga olinadi; mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan xo‘jalik yuritishning alohida tashkiliy-huquqiy shakllarining mamlakatda xo‘jalik yuritishning yakuniy natijalariga qo‘shadigan hissasi nuqtai nazaridan, ya’ni bunda 108 gap mulkning davlat, xususiy, aralash, xorijiy va boshqa shakllarini shakllantirish va foydalanishdagi hissasi haqida boradi. Ushbu mulk shakllariga xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari (AJ, har xil shirkatlar, uyushmalar, xoldinglar va h.k.) kiradi. Iqtisodiyotning milliyligi uni boshqalar uchun yopiqligini bildir- maydi, aksincha, u ochiq bo‘ladi, tashqi dunyo bilan o‘zaro manfaatli aloqaga kirishadi. Biroq milliy iqtisodiyot asosan o‘z resurslariga tayanadi. Milliy iqtisodiyot ochiqligi xavfsizlik choralarini ko‘rishni taqozo etadi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bo‘lar ekan, bu iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi. Iqtisodiy salohiyatning hajmi, tuzilishi va dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatorida quyidagilarni ajratish mumkin: mavjud iqtisodiy resurslar hajmi hamda ulardan foydalanish imkoniyati; mamlakat erishgan hamda iqtisodiyot texnik bazasining sifati va unumdorligini ifodalaydigan fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasi; mamlakat fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida to‘plagan salohiyat, mamlakat mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi xodim- larning kasbiy-malakaviy darajasi. Mazkur omillarning iqtisodiy salohiyat tarkibidagi kompleks aloqadorligi salohiyatlarning mehnat, tabiiy-resursli, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va boshqalardan iborat butun boshli tizimi shakllanishiga olib keladi. Ulardan har biri rivojlanishning o‘ziga xos tamoyil va qonuniyatlariga ega. Iqtisodiy salohiyatning quyidagi turlari ajratiladi: 1. Tabiiy-resursli salohiyat (tabiiy tizimlarning o‘ziga zarar yetkazmagan holda odamlarning ushbu tipdagi xo‘jalik doirasida mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlash qobiliyati). Tabiiy resurslar milliy boylikning asosiy qismini tashkil qiladi. Tabiiy resurslarning quyidagi turlari ajratiladi. Mineral resurslar: yonilg‘i-energetika resurslari (neft, gaz, ko‘mir va boshqalar); metallsimon foydali qazilmalar (temir, mis, qo‘rg‘oshin, aluminiy, qalay va boshqalar); metall bo‘lmagan foydali qazilmalar (tuz, shpat, kaliy tuzlari, asbest, grafit va boshqalar); tabiiy qurilish materiallari va ishlab chiqarish uchun yaroqli xom ashyo (qurilish toshlari, qum-shag‘al material va boshqalar). 109 Tuproq resurslari: qishloq xo‘jalik ekinlari (haydaladigan, ozuqa beruvchi ekinlar, chorva mollari boqiladigan yaylovlar va boshqalar). O‘simlik resurslari: o‘rmon o‘simlik resurslari (chinor, yong‘oq, bodom, terak, qarag‘ay, archa, tol va boshqalar); pichanzorlar va yaylovlardagi o‘simlik resurslari (yaylovlar, ekilgan o‘tzorlar, baland tog‘ va adir yaylovlari hamda boshqalar); dorivor o‘simliklar (na’matak, dala qirqbo‘g‘ini, ittikanak, qumda o‘suvchi bo‘znoch, marvaridgul va boshqalar); texnik o‘simliklar resurslari (yalpiz, shuvoq (ermon), bo‘yi- modaron va boshqalar); Hayvonot dunyosi resurslari: yovvoyi hayvonlar (ayiq, bo‘ri, tulki, mo‘ynali hayvonlar, sayg‘oq va boshqalar); parrandalar (karqur, kaklik, g‘oz, o‘rdak, bedana va boshqalar); ovlanadigan baliq (mintay, treska, sazan, marinka, kilka, ilonbaliq va boshqalar). Suv resurslari: yer yuzidagi suv maydonlari (ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar); yer osti va sizot suv omborlari. Resurslarning boshqa turlari: iqlimiy; gidroenergetika zaxiralari. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2007-yil 6-noyabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling