Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx


V. TAHLILIY MA’LUMOTLARNI SHAKLLANTIRISH


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1403569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma

V. TAHLILIY MA’LUMOTLARNI SHAKLLANTIRISH 
Amaliy va tahliliy ma’lumotlarni yig'ishda tadqiqot 
ob’yektining 
hisobotlaridan, 
ilmiy-amaliy 
anjumanlar 
materiallaridan, sotsiologik tadqiqotlardan foydalanish mumkin. 
Bundan tashqari, tanlangan mavzu bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar
kuzatishlar, so‘rovlar o‘tkazish va iqtisodiy hisob-kitoblar qilish ham 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Turli ko‘rsatkichlarning 
dinamikasini tahlil qilish uchun bir necha yillik kerakli 
ma’lumotlarni yig'ish talab qilinadi. Ma’lumotlar kamida oxirgi uch 
yillik bo‘lishi lozim. Yig'ilgan ma’lumotlarni alohida boblar va 
paragraflar bo‘yicha taqsimlash va shundan keyingina, ularni har bir 
bo‘lim va paragraf maqsadi va vazifalariga mos ravishda qayta 
ishlashga kirishish mumkin. 
Ishdagi 
raqamli 
ma’lumotlar 
jadvallar 
ko‘rinishida 
rasmiylashtiriladi. Jadvallarni ushbu jadval haqida to‘xtalib o‘tilgan 
matndan keyin yoki keyingi betda joylashtiriladi. Har bir jadvallarda 
iqtiboslar bo‘lishi lozim. Jadvallar arab raqamlari bilan ketma 


26 
ketlikda belgilanadi. Jadval raqami jadval sarlavhasidan o‘ng yuqori 
burchakda joylashtiriladi. Jadval raqami bob va jadvalning tartib 
raqamidan iborat bo‘ladi. Masalan: 2.4-jadval (2-bob, 4-jadval). 
Jadval nomi jadval ustida betning o‘rtasida bosh harf bilan oxirida 
nuqtasiz yoziladi. Agar jadval talabaning o‘z izlanishlari natijasida 
tuzilgan bo‘lsa, buni ilovada ko‘rsatib o‘tish lozim. Agar bu jadval 
qandaydir manbadan olingan bo‘lsa, ushbu jadval joylashgan beti 
ko‘rsatilgan manbaga iqtiboslar qilish lozim. Agar jadvalning bir 
qismi keyingi betga o‘tsa, u holda jadvalning bosh qismi yana 
qaytariladi. Uning ustida esa «Jadval (raqam)» (davomi) so‘zi 
joylashtiriladi. Agar jadvalning bosh qismi juda katta bo‘lsa, u holda 
uni keyingi betda takrorlamaslik ham mumkin. U holda jadvalning 
har bir ustuni raqamlanadi va keyingi betda raqamlari takrorlanadi, 
jadval nomi esa takrorlanmaydi.
Grafik va chizmalar. Grafik va chizmalar ish matni bilan bog’liq 
bo‘lishi lozim. Illustratsiyaning har bir turi arab raqamlari bilan 
raqamlanadi. Raqam bob raqami va illustratsiyaning tartib 
raqamidan iborat bo‘ladi. Barcha grafik, chizma va illustratsiyalar 
rasm sifatida rasmiylashtiriladi. Masalan: Rasm 1.3 (1- bob, 3- 
grafik). Rasm nomi rasm raqamidan so‘ng bosh harf bilan yoziladi va 
oxirida nuqta qo‘yilmaydi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling