Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1403569
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma

 
 


27 
VI. KURS LOYIHASI BO‘YICHA ILMIY RAHBAR
BILAN ISHLASH 
Talabaning kurs loyihasiga metodik rahbarlik tegishli 
predmetdan dars mashg'ulotlarini olib borayotgan professor-
o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi va ularning ish 
yuklamasida ham aks ettiriladi. Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari 
umumlashgan tarzda quyidagilardan iborat: 
• talabalarga kurs loyihasibo‘yicha mavzular, vazifalar berish; 
• kurs loyihasi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda maslahat berish; 
• mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni, ma’lumotlarni 
tanlashda ko‘maklashish; 
•tadqiqot obyekti va doirasini, obyekt faoliyatini o‘rganish, 
ma’lumotlar yig'ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlashda 
maslahatlar berish kabilardir. 
Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan 
rivojlantirishga ko‘maklashadi va mustaqil ilmiy tadqiqot ishini 
amalga oshirishiga maslahatlar berib boradi. Kurs loyihasi 
yuzasidan maslahatlar berish ilmiy rahbar belgilagan va kafedra 
tomonidan tasdiqlangan muddatlarda olib boriladi. Ilmiy rahbar, 
taqdim qilingan kurs ishini tekshirib, o‘z mulohazalarini bildiradi va 
ishni. qaysi yo‘nalishda o‘zgartirish va to‘ldirish kerakligi to‘g'risida 
maslahat beradi. Yozib tugatilgan kurs loyihasi belgilangan 
muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar kurs loyihasini 
tekshirib chiqadi va himoyaga ruxsat berish to‘g'risida o‘z fikrini 
bildiradi. Ilmiy rahbar belgilangan tartiblarda bajarilmagan kurs 
loyihasini qabul qilmasligi mumkin. 


28 
VII. KURS LOYIHASINI HIMOYA QILISH VA
UNI BAHOLASH 
Kurs loyihasi himoyasida ilmiy rahbar va yana kamida 
ixtisoslik kafedrasidan birorta professor-o‘qituvchi ishtirok etishi 
lozim. Talaba 7-10 daqiqa davomida himoyada ishtirok 
etayotganlarga kurs loyihasining maqsadi, vazifalari, mazmuni 
hamda o‘z tavsiyalari va taldiflari tog risida axborot beradi. Shundan 
song talaba himoyada ishtirok etayotganlarning kurs loyihasi 
mavzusi bilan bog'liq savollariga javob beradi. Kurs loyihasi bahosi 
himoyada ishtirok etayotganlar va ilmiy rahbar tomonidan 
birgalikda: talabaning yozgan ishi, taqdimoti va savollarga javoblari 
asosida belgilanadi. Kurs loyihasining belgilangan muddatlarda 
taqdim qilinmasligi talabaning o‘zlashtira olmayotganligiga asos 
bo‘ladi. Kurs loyihasi 5 baho tizimida baholanadi va fanlar bahosi 
darajasida ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Kurs loyihasining himoyasi taqdimot shaklida bo‘lib, talaba 
tomonidan tahliliy jadvallar, ko‘rgazmaviy ma’lumotlar va xulosalar 
keltirilishi lozim. Talaba kurs loyihasining mazmunini qisqa va 
muayyan shaklda quyidagi tartibda ifodalaydi: 
 mavzuning dolzarbligi; 
 bajarilgan ishning maqsadi va vazifalari; 
 kurs loyihasining asosiy natijalari va yakunlari; 
 ishlab chiqilgan tavsiyalar va takliflar to‘g’risida yuqorida qayd 
etilgan vaqt mobaynida ma’ruza qiladi. 


29 
 
Kurs loyihasini baholash mezonlari:
– «a’lo» yakuniy bahosi talaba o‘z ishining maqsad va 
vazifalarini aniq yoritib bersa, muammoning mohiyatini to‘liq ochib 
bersa, o‘z xulosalarini shakllantira olgan bo‘lsa, kurs loyihasi 
himoyasida yuqori bilim darajasini ko‘rsata olgan holda qo‘yiladi. 
– «yaxshi» yakuniy bahosi kurs loyihasi belgilangan talablarga 
javob beradi-yu, ammo talaba uning himoyasida ba’zi bir savollarga 
javob bermagan holda qo‘yiladi. 
– «qoniqarli» yakuniy bahosi talaba kurs loyihasiga qo‘yilgan 
ba’zi talablarni bajara olmaganda, xususan, o‘z xulosalarini
shakllantira 
olmaganda, 
shuningdek, 
uning 
himoyasida 
qiyinchiliklarga uchragan holatda qo‘yiladi.
– qoniqarsiz baho talaba kurs loyihasiga qo‘yilgan talablarni 
umuman bajarmaganda, asosiy o‘quv-dasturiy ma’lumotlarning ko‘p 
qismida uning bilimi kamligi yoki umuman yo‘qligi aniqlanganda, 
izlanish mavzusini ochib berishda xatolarga yo‘l qo‘yganda qo‘yiladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling