Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx
Kurs loyihasi matniga stilistik talablar
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. KURS LOYIHASINI TAYYORLASHDA ADABIYOTLAR VA MANBALAR BILAN ISHLASH
3.4 Kurs loyihasi matniga stilistik talablar
Kurs loyihasida ilmiy ma’lumotlarga sayqal berish nashr etishga tayyorlanayotgan ilmiy ishlar talablariga javob berishi kerak. Kurs loyihasini yozish jarayonida talaba shu sohada mavjud bo‘lgan va o‘zi foydalangan ilmiy tadqiqotlardan, ma’lumotlardan dalil keltirishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga sayqal berish davomida talaba quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim. kurs loyihasini yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan dalil keltirish bir xil tartibda yoritilishi kerak; 23 matnda foydalanilgan manbalar sahifa ostida izohtarzida aniq va to‘liq keltirilishi, ya'ni muallif va adabiyotning nomi. nashriyoti, yili va beti ko‘rsatilishi kerak; sahifa ostidagi izohda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qo‘shtirnoqqa olinmaydi; sahifa ostidagi izoh 1,5 interval qilib yozilishi lozim; sahifaning atroflariga bezakii chiziqlar qilinishi shart emas; kurs loyihasi o‘quv jarayoni olib borilayotgan tilda yozilishi lozim; kurs loyihasini yozish jarayonida foydalanilgan adabiyot va ilmiy manbalar hajmi mavzuning mohiyatini ochib beradigan darajada bo‘lishi zarur. kurs loyihasiyozishni qulaylashtirish uchun oq varaqlarda kompyuterda bir yarim oraliqli satr chiziqlari chizib olinishi mumkin. IV. KURS LOYIHASINI TAYYORLASHDA ADABIYOTLAR VA MANBALAR BILAN ISHLASH Kurs loyihasini sifatli bajarishning muhim standartlaridan biri - tanlab olingan mavzu bo‘yicha mavjud adabiyotlarni chuqur o‘rganish hisoblanadi. Bunda ko‘rib chiqilayotgan savollarga tegishli rasmiy ma’lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, ilmiy maqolalar to‘plamlanni, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarni, ilmiy konferensiya va anjumanlar materiallarini, statistik ma’lumotlarni hamda tahliliy materiallarni o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb 24 etadi. Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida asosiy e’tiborni birinchi navbatda maqola yoki kitobning kurs loyihasi bilan to‘g‘ridan to‘g'ri bog‘liq bo‘lgan qismlariga, ya’ni boblarga, paragraflarga qaratish kerak. Kurs loyihasini yozish jarayonida zarur ma’lumotlarni tushirib qoldirmaslik maqsadida, har bir o‘rganilayotgan adabiyotni boshidan oxirigacha o‘qib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi. Adabiyotlarni o‘qish va o‘rganlsh jarayonida kurs loyihasi bilan bog'liq bo‘lgan ma’lum otdan parcha kо'chirib olish tavsiya qilinadi. Har bir parchaning mabasi va sahifasi ko‘rsatilishi samarali ishlashga zamin hozirlaydi. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida muallif o‘z xulosalarini isbotlash uchun, foydalangan tahlilning texnik usullarini, ya’ni jadvallar, shakllar, statistik ma’lumotlarni guruhlash kabilarni yozib qo‘yishi zarur. Chunki, ularning ba’zi birlaridan kurs loyihasini yozish davomida foydalanish mumkin. Adabiyotlardan ko‘chirib olinayotgan parchalarni alohida qog'ozning faqat bir tomoniga, hoshiya qoldirgan holda yozish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida vujudga kelgan goyalarni shu ondayoq yozib qo‘yish kerak. Kurs loyihasini talab darajasida yozish uchun ko‘p miqdordagi adabiyotni ко‘rib chiqish va o‘rganish talab qilinganligi sababli, parchalar shaklida to‘plangan ma’lumotlarni tartibga solish lozim. Tartibga solish turlaridan biri sbunday bo‘lishi mumkin: har bir parcha ma’lum bir raqam bilan belgilab qo‘yiladi. Masalan, « 1.2» raqami - “parchadan 1-bob yoki bo‘limning 2-paragrafini yozish davomida foydalaniladi” degan ma’noni bildiradi. Shuningdek, 25 yig'ilgan ma’lumotlarni har bir paragraf ichida yoritiladigan savollar bo‘yicha ham tartibga solish samarali ishlashga asos hisoblanadi. Adabiyotlar va manbalar bilan ishlashda vijdonan yondashgan talaba - savollar bo‘yicha qanday amaliy ma’lumotlar to‘plash va ularni qaysi yo‘nalishda qayta ishlash va tahlil qilish zarurligini yaxshi biladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling