Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx


III. KURS LOYIHASINI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1403569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma

III. KURS LOYIHASINI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN 
ASOSIY MEZONLAR 
 
3.1 Kurs loyihasining mazmuni bo‘yicha umumiy talablar 
Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar 
qayta ishlaniladi, tahlil qilinadi va ma’lum bir tizimga keltiriladi
ishni ajratilgan bo‘lim va boblarga guruh bo‘yicha sinflashtiriladi. 
Kurs loyihasi sifatli bajarilishining zaruriy sharti talabaning tanlab 
olingan mavzuga bag’ishlangan adabiyot bilan yaxshi tanish 
bo‘lishidir. Ko‘rib chiqiladigan masalalarga oid bo‘lgan barcha 
rasmiy hujjatlar, dasrliklar va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, 
maqolalar to‘plamlari, jurnallarda bosilgan maqolalar, statistik 
to‘plamlar va ma’lumotnomalar talabaning e’tiboridan chetda 
qolmasligi kerak. Kurs loyihasining umumiy hajmi yozuv mashinkasi 
yoki kompyuterda 14 shriftda yozilgan matnda o‘rtacha 30-35 bet 
atrofida bo‘lishi mumkin. Kurs loyihasi tuzilgan rejasiga muvofiq 
alohida boblarga va paragraflarga yoki faqat paragraflarga ajratiladi. 
Bu paragraflarning nomi qisqacha bo‘lib, mavzuning mazmuniga 
mos tushishi va matnga muvofiq tarzda yozilishi lozim. Agar, kurs 
loyihasirejasida asosiy qism boblarga ajratilsa, ularning soni 
ikkitadan kam bo‘lmasligi, faqat paragraflarga ajratilsa, ularning 
soni uchtadan kam bo‘lmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kurs 
loyihasida betlar arab raqamlari bilan o‘rtada pastki qismda 
qo‘yilishi kerak. Kurs loyihasining tarkibiy tuzilishi quyidagi 
qismlarni qamrab olishi lozim: 
• titul varag'i; 
• reja (mundarija); 


14 
• kirish; 
asosiy qism
• xulosa va takliflar; 
• foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxati; 
• ilovalar. 
Kurs loyihasi A4 (210x297) formatli oq varaqning bir tomoniga 
1,5 interval oraliqda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi 
hoshiyalar o‘lchamiga rioya qilish talab etiladi: 
- o‘ng hoshiya -15 mm. 
- chap hoshiya - 30 mm. 
- yuqori hoshiya - 20 mm. 
- pastki hoshiya -20 mm. 
Kurs loyihasi teztikkichga tikiladi va titul varag'i uning ustiga 
yelimlanadi. Kurs loyihasini raqamlash mundarija (reja) yozilgan 
varag'idan boshlanib oxirgi betgacha va ilovadan tashqari hamma 
varaqlarni qamrab olishi lozim. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling