Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx


Kurs loyihasining tarkibiy qismlari


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1403569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma

2.2 Kurs loyihasining tarkibiy qismlari 
Kurs loyihasining tarkibiy tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa, 
izlanish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va statistik 
to‘plamlar hamda qoshimcha materiallar, shuningdek, ilovalardan 
tashkil topishi mumkin. Kurs loyihasining barcha qismlari o‘zaro 
izchil va mantiqiy bog'liqlikda bo‘lib, mavzuni ochib berishga xizmat 
qilishi talab etiladi. Bundan tashqari, kurs loyihasining tarkibiy 
qismlari o‘zaro mutanosib bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda ilmiy 
izlanishning konsepsiyasini, uning asosiy g'oyalarini belgilab 
beruvchi kengaytirilgan rejasini, o‘rganiladigan muammolarning 
doirasini va manbalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Mavzuga tegishli nazariy va amaliy ma’lumotlarni to‘plash, tartibga 
keltirish, tasniflash, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida kurs 
loyihasining rejasi takomillashtirilishi yoki yo‘nalishi o‘zgartirilishi 
mumkin. 
Adabiyot va boshqa axborot manbalarini mustaqil o‘rganish 
natijasida talaba ilmiy rahbar yordamida kurs loyihasi tarkibi va 


11 
mantig’ini ochib beruvchi rejani shakllantirishi zarur va uni 
yozishga kirishishi darkor. Kurs loyihasi tarkibi uning mavzu va 
rejasiga muvofiq bo‘lishi, tuzilmasi esa ilmiy yozma ishning talabiga 
javob berishi lozim.
Kurs loyihasi kamida 30-35 betdan iborat bo‘lishi va quyidagi 
tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak. Mundarija (ishning 
ikkinchi beti) ishning barcha tarkibiy qismlarini sarlavhalari o‘sha 
qismning boshlanuvchi betlari bilan aks ettiriladi. Mundarijadagi 
sarlavhalar matndagi sarlavhalar bilan bir xilda bo‘lishi kerak, ularni 
qisqartirish yoki shaklini o‘zgartirish mumkin emas. 
Kirish qismi 2–3 varaqdan iborat bo‘lishi va quyidagilarni 
o‘zida aks ettirishi zarur: 

kurs loyihasi mavzusining dolzarbligi;

kurs loyihasining maqsad va vazifalari; 

kurs loyihasining ob’yekti va predmeti; 

kurs loyihasidan kutilayotgan ilmiy va amaliy natijalar; 

kurs loyihasi tarkibining qisqacha tavsifi. 
Kurs loyihasining asosiy qismi uchta bob (har bir bob esa ikki 
yoki uch paragrafdan) hamda xulosalardan iborat bo‘ladi. Mavzu 
bo‘yicha ishlashning birinchi qadamlaridanoq talabaga adabiyot 
manbalaridan maxsus ma’lumotlarni olishni o‘rganib olish tavsiya 
etiladi. O‘rganilayotgan har bir maqola, monografiya va 
boshqalarning qisqa konspektini iloji bo‘lsa tuzish darkor. Bu 
ma’lumotni to‘plash imkonini beradi va kurs loyihasi yozishni 
yengillashtiradi. 


12 
Barcha boblar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog’liq bo‘lishi va 
kurs loyihasining maqsadi va vazifalariga erishishga qaratilgan 
bo‘lishi zarur. Asosiy qism 30–35 varaqdan iborat bo‘lishi va kurs 
loyihasining nazariy-metodologik tomonlarini qamrab olishi kerak. 
Aynan mana shu qismda talaba olgan nazariy bilimini amaliy 
masalalar bilan mustahkamlashi lozim.
Kurs loyihasida talaba muayyan masalaga o‘z yondashuvini 
nazariy bayon qilish bilan bir qatorda zamonaviy metodologik 
tamoyillarga, amaliy tajriba, asosiy yo‘nalishlar va yechilmagan 
muammolarga ham asoslanishi kerak.
Kurs loyihasida beriladigan jadvallar tahlil qilingan bo‘lishi 
lozim. Kurs loyihasi faqat axborot to‘plashdan iborat bo‘lishi kerak 
emas. Keltirilgan axborot asoslangan va manbasi ko‘rsatilgan 
bo‘lishi kerak. 
Xulosa 2–3 betdan iborat bo‘lishi, barcha boblarda bayon 
etilgan tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot
mavzusining yechimi ko‘rsatilishi, unda umumiy ilmiy xulosalar va 
amaliy takliflar o‘z ifodasini topishi lozim. 
Kurs loyihasining ilova qismiga uning mazmun-mohiyatini 
tushunish uchun zarur bo‘lmagan, qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan 
ma’lumotlar kiritiladi. Kurs loyihasi adabiy tilda yozilishi, jumlalar 
bir-biri bilan mantiqan bog’liq bo‘lishi va aniq ifodalanishi kerak. 
Kurs ishidagi raqam va jumlalar biror fikr yoki xulosani asoslash 
maqsadida keltirilishi kerak. Agar kurs loyihasi yoki uning biror 
qismi boshqa adabiyotdan ko‘chirilgan bo‘lsa, bunday ish qoniqarsiz 
hisoblanadi. 


13 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling