Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx
II. KURS LOYIHASINI TAYYORLASHNING
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma
II. KURS LOYIHASINI TAYYORLASHNING
DASTLABKI BOSQICHI 2.1 Kurs loyihasini shakllantirishda uning mavzusini tanlash Kurs loyihasi – yozma shaklda ifodalangan talabaning ilmiy ijodiy mustaqil izlanishi bo‘lib, u ma’lum bir muammo to‘g’risida tushuncha beradi va talabaning mavzuga oid sohadagi bilim darajasini ko‘rsatadi. Kurs loyihasi talaba tomonidan mustaqil ravishda professor-o‘qituvchi rahbarligi ostida auditoriyadan tashqarida semestr doirasida bajariladi. Talaba kurs loyihasi mavzusini o‘z ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda, kafedra tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan ro‘yxat ichidan mustaqil tanlab oladi. Kurs loyihasida referatda boshlangan izlanish davom ettirilishi mumkin. Kurs loyihasi referatdan faqatgina katta hajmiga ko‘ra emas, balki talaba tomonidan o‘rganilayotgan izlanish mavzusi darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Kurs loyihasini bajarishda tanlangan mavzuning dolzarbligi, unda yoritiladigan masalalarning davr talabiga mosligiga e’tibor qaratish, kurs ishini bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan talablarga amal qilish, unda yangi qonun va hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, iqtisodiyotda erishilayotgan yutuqlarni aks ettiriuvchi statistik va boshqa ma’lumotlardan keng foydalanish lozim. Kurs loyihasi mavzulari sonini har bir talaba uchun 4-5 ta 8 miqdorda tayyorlash tavsiya etilib, muayyan sharoitlarni hisobga olgan holda ularning tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Kurs loyihasi tarkibi kirish, 3 bob, xulosa va takliflar hamda ilovalardan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 35-40 bet bo‘lishi tavsiya etiladi. Kurs loyihasi darajasi tanlangan mavzuning muhimligi, asoslanganligi, mos muammoni qayta ishlash darajasi tahlili, mustaqil xulosa va umumlashtirishlarni talab etadi. Kurs loyihasini yozish va himoya qilish talabaning bitiruv yoki magistr dissertatsiya ishiga tayyorgarlik darajasini ko‘rsatuvchi belgilardan hisoblanadi. Kurs loyihasi rahbari talabaga izlanish uchun muammoni tanlashda, mavzu nomini shakllantirishda, adabiyot va boshqa axborot vositalarini izlashda, ish rejasini tuzishda va tayyorlash jarayonida yordam beradi va uning himoyasini qabul qiladi. Kurs loyihasi maqsadi o‘rganilayotgan fan doirasidagi muammolardan birini chuqur o‘rganish bo‘lib, talaba bilimining nazariy va amaliy jihatdan oshishiga olib keladi. Uning vazifasi tanlangan mavzu doirasida ilmiy adabiyotlarni yig’ish va o‘rganish, turli fikrlar va dunyoqarash, ilmiy tahlil usullari bilan tanishish, o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha o‘zining shaxsiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Bunda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: • kurs loyihasi mavzusini tanlash; • kafedrada mavzu va ilmiy rahbarni tasdiqlash; • adabiyotlarni yig’ish, tahlil qilish va tizimlashtirish; • kurs loyihasi rejasini ishlab chiqish; • kurs loyihasini yozish va rasmiylashtirish; 9 • kurs loyihasini himoya qilish. Kurs loyihasi mavzusini tanlash kafedraning mos fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarida berilgan namunaviy mavzular asosida amalga oshiriladi. Namunaviy mavzular ro‘yxati har yili qayta ko‘rib chiqiladi, takomillashtiriladi va kafedrada tasdiqlaniladi. Kurs loyihasi mavzulari ro‘yxati tegishli kafedrada belgilanadi va tanlangan mavzu talabalarga o‘quv semestrining boshida ma’lum qilinadi. Kurs loyihasi sifati ko‘p hollarda mavzuni to‘g’ri tanlashga bog’liq. Bu bilan talaba avvalo, ma’lum bir ilmiy masalaga shaxsiy qiziqishi, uni yanada chuqur o‘rganishga xohishi, izlanish jarayonida o‘z fikrini bildira olishni boshqara olishi kerak. Xuddi shu vaqtda tanlangan mavzu bo‘yicha amaliy ma’lumotlar va ilmiy adabiyotlarni topa olish imkoniyatini ham hisobga olish lozim. Mavzuni tanlab, uni ilmiy rahbar bilan kelishib olgandan so‘ng talaba tanlangan mavzu doirasida muammolarni yorituvchi adabiyotlarni tanlash va o‘rganishga o‘tadi. Adabiyotlarni yig’ish – bu talabaning majburiyati. Ilmiy rahbar ishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishga yordam beradi, uni yozishda ishlatish lozim bo‘lgan o‘ta muhim ilmiy manbalarni ko‘rsatadi, ularni qayerdan topish mumkinligini aniqlashtirib beradi. Zamonaviy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy nashrlar (monografiya, ilmiy maqola, ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlari va boshqalar), hukumat organlarining rasmiy hujjatlari, statistik ma’lumotlari va boshqalar bilan tanishish zarur. Adabiyotlarni yig’ishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, iqtisodiyot sohasidagi oliy o‘quv yurtlari va boshqa 10 kutubxonalarining axborot-resurs bazalari, xorijiy va milliy ilmiy davriy nashrlarni, tegishli Internet saytlaridagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Adabiyotni o‘qish jarayonida kitob va maqolalardagi boshqa mualliflar ishlariga berilgan iqtiboslarga e’tibor berish lozim. Ushbu iqtiboslar shunisi bilan qimmatliki, ular o‘rganilayotgan mavzuga aloqador bu yoki boshqa kitoblarning bet va bo‘limlarini ajratib ko‘rsatadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling