Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 Kurs loyihasining alohida qismlariga qo‘yiladigan talablar
Titul
varag‘i. Kurs loyihasining titul varag'i birinchi ilovada keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi va kompyuterda yoziladi. Titul varaqdan keyin mundarija keladi. Mundarija (reja) yozilgan varaq birinchi bet hisoblanadi va unga raqam qo‘yilmaydi. U ikkinchi ilovada keltirilgan shaklda to‘ldiriladi. Kurs ishida keltirilgan jadvallarning nomi ustiga va rasmlarning (grafiklar, chizmalar, diagrammalar va boshqalarning) nomi ostiga aniq tarzda yozilishi va raqamlab chiqilishi lozim. Shuningdek, barcha formulalar arab raqamlari bilan raqamlab chiqilishi kerak. Formulalarning raqami - to‘g'risida, varaqning ong tomonida qavs ichida ko‘rsatilishi kerak. 15 3.2 Kurs loyihasining alohida qismlariga qo‘yiladigan talablar Kurs loyihasining alohida qismlarini hsakklantirishda avvalo quyidagi tadbirlar mantiqiy to‘g’ri ketma-ketlikda bajarilishi lozim: a) Adabiyot bilan tanishish va tahlil etish. Adabiyotlarni tanlash kutubxonalardagi predmetli va davriy kataloglar bilan tanishishdan boshlanadi. Kitoblarda keltirilgan sitatalar va manbalarga berilgan ilovalarda muhim qo‘shimcha axborot manbasi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, talaba har bir jurnal nashrining oxirgi sonida yil davomida chop etilgan maqolalar ro‘yxati berilishini e’tiborda tutishi lozim. Adabiyotlarni tanlash jarayonida har bir ishning nomi, uning muallifi, nashr joyi va yili, nashriyot nomi to‘g’ri va to‘la yozib olinishi zarur. Kurs loyihasining nazariy qismida turli mualliflarning o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha keltirilgan fikr va mulohazalalari, xulosa va takliflar tahlil etilib talabaning shaxsiy munosabati bildirilishi lozim. b) Adabiyotlarni o‘qish va ulardan ko‘chirmalar qilish. Adabiyotni o‘qish jarayonida asosiy e’tiborni kitobning yoki maqolaning ish mavzusiga bevosita bog’liq bo‘lgan bo‘limlarga va boblarga qaratish zarur. Albatta, asarning barcha bo‘limlarini va boblarini umumiy nazar tashlab o‘qib chiqish foydadan xoli emas, chunki mavzuga xos joylarini topib, ulardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, adabiyotni o‘qish jarayonida undagi zarur bo‘lgan fikr va mulohazalarni, xulosa va takliflarni yozib olish kerak. Har bir yozib olingan ko‘chirmada manbaning nomi, beti ko‘rsatilgan bo‘lishi 16 zarur, ko‘chirmalar alohida betda yozilishi maqsadga muvofiq, chunki uni ishlatishda muallif o‘z fikrlarini bayon etishi zarur bo‘ladi. Daliliy ma’lumotlar tahlili talabaning ijodiy faoliyatini faollashtiradi, o‘rganilayotgan masala yuzasidan o‘z fikrlariga ega bo‘lishga olib keladi. Kurs loyihasida talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda noto‘g’ri sitatalarni keltirish) yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ishning tuzilma unsurlaridan bo‘lgan sarlavhalar (mundarija, kirish, bob nomlari va xulosa) katta harflarda kompyuterda teriladi, qator o‘rtasida oxirida nuqtasiz joylashtiriladi, tagiga chizilmaydi, bo‘limlarning sarlavhalari esa yirik shrift bilan ajratiladi, matnning chap tomoni bilan tekislanadi va oxiriga nuqta qo‘yilmaydi, tagiga chizilmaydi. Bob va uning bo‘limlarini (paragraf) nomlari imkoniyat darajasida qisqa bo‘lishi lozim. Sarlavhada so‘zlarni o‘tkazish mumkin emas. Agar sarlavha ikkita gapdan tashkil topgan bo‘lsa, bu gaplar nuqta bilan ajratiladi. Matnda so‘zlarni qisqartirish (umum qabul qilinganidan tashqari) mumkin emas. Ish matnlarini abzaslarga taqsimlash va har bir abzasni bir xilda ajratish lozim. Matnning ma’no jihatidan uzviy bog’liq qismlari abzaslarga ajratiladi. Ular umumiy fikrni jamlagan bir qancha gaplarni o‘z tarkibiga oladi. Kurs loyihasi talaba tomonidan qo‘yilgan sana bilan imzolaniladi. Kurs loyihasiga bo‘lgan asosiy talab uni talaba tomonidan mustaqil bajarish hisoblanadi. Kurs ishi ijodiy xarakterga ega bo‘lmog’i lozim, bu esa talabaning maksimal darajada o‘zining intellektual va professional imkoniyatlarini to‘laligicha namoyon qilishga intilish va 17 qobiliyatining unda aks etishini bildiradi. Ishda ijodning mavjud emasligini quyidagi belgilarga ko‘ra bilish mumkin: nazariy manba va normativ ma’lumotlarga iqtiboslarning mavjud emasligi; matndagi turli bildirishlar, nuqtai nazarlar va boshqa mualliflarning xulosalari notanqidiy ishlatilishi; o‘z fikrlarining mavjud emasligi va boshqalar. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba zaruriy hollarda ilmiy rahbar bilan maslahatlashishi lozim. Ilmiy rahbarning talaba bilan individual suhbatlarni (konsultatsiyalari) olib borishi kurs ishini tayyorlanishining zaruriy sharti hisoblanadi. Kurs ishida beriladigan jadvallar, grafiklar, rasmlar, diagrammalar to‘g’ri tuzilgan bo‘lishi kerak. Betlarning raqamlanishi. Ishda barcha matnlar, ishlatilgan adabiyotlar va ilovalar raqamlanadi. Titul varag’i va mundarija betlarning umumiy raqamlanishiga qo‘shiladi, ammo ularga betning raqami qo‘yilmaydi. Betlar arab raqamlari bilan raqamlanadi, bet raqami betning yuqori qismida o‘rtada nuqtasiz qo‘yiladi. Ishning tuzilmaviy qismlari (kirish, har bir bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilova) yangi betdan boshlanadi. Bir bet 30 qatordan oshmasligi lozim. Matn qat’iy ketma ketlik tartibida kompyuterda teriladi. Turli betlarda yoki varaqning orqa tomonidan joylashtirilgan qo‘shimcha matnlarga ruxsat etilmaydi. Barcha iqtiboslar qaysi betga tegishli bo‘lsa, o‘sha betda joylashtiriladi. Iqtiboslar. Ishda sitatalar qadrlanadi. Sitata – qandaydir asardan xuddi asardagidek keltirilgan gap, qismi bo‘lib, 18 qo‘shtirnoqqa olinadi va manbasiga yo‘naltirilgan iqtibos (snoska) beriladi (nashr etilmagan manbaga iqtibos berish tavsiya etilmaydi). Agar qandaydir asardan olingan sitata oxirigacha keltirilmagan bo‘lsa, u holda qo‘shtirnoqqa olinmaydi, ammo manbaga iqtibos beriladi. Ish matnida qandaydir muallif eslatib o‘tilsa, bu holda avvalo uning ismi, so‘ng sharifi keltiriladi (masalan, R.S. Saidov). Iqtibosda (snoskada) teskarisiga avvalo, sharifi so‘ngra ismi ko‘rsatiladi (Saidov R.S.). Iqtibos sitata joylashgan betlarda rasmiylashtiriladi (iqtiboslarning umumiy ro‘yxati ilmiy ish oxirida ham berilishi mumkin). Sitataning so‘ngida uning betdagi tartib raqamini bildiruvchi raqam qo‘yiladi. Betning pastki qismida matnni snoskadan ajratuvchi chiziq tagida ushbu raqam takrorlanadi va uning ketidan sitata olingan kitob (jurnal, gazeta va boshqalar) nomi, uning barcha rekvizitlari va nuqta – tire –sitata yozilgan bet raqami bo‘ladi. Ilova. Ilovada ma’lum sabablarga ko‘ra asosiy qismda berilmagan ma’lumotlar qo‘shiladi. Ya’ni: yordamchi jadvallar va raqamli ma’lumotlar; yordamchi xarakterdagi illustratsiya; rasmiy hujjatlar: ilmiy ishning bajarilishi jarayonida ishlab chiqilgan ko‘rsatma va usullar (metodlar). Ilova ishning qismi sifatida oxirgi betlarda rasmiylashtiriladi va ish matnida yarim dumaloq qavslarda berilgan iqtiboslarning paydo bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashadi. Har bir ilova yangi betdan 19 boshlanadi va betning o‘rtasida sarlavhasi propis harflar yoziladi. Sarlavhaning o‘ng tepa burchagida propis harflar bilan «Ilova» so‘zi yoziladi. Agar ishda ilovalar birdan ortiq bo‘lsa, u holda ular arab raqamlari bilan raqamlanadi (№ belgisisiz). Zaruriyat holida ilova matni qismlar, kichik qismlarga bo‘linsa ular ham umumiy talablarga ko‘ra raqamlanadi. Agar ilova sifatida mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat ishlatilsa, unda ishga nusxasi emas, balki asli qo‘shiladi. Hujjatning titul varag’ini o‘ng tepa burchagida «Ilova» so‘zi yozilib, uning raqami qo‘yiladi. Bajarilgan va rasmiylashtirilgan kurs loyihasikafedrada ilmiy rahbarga beriladi. U kurs ishi bilan tanishadi, uning ilmiy darajasini aniqlaydi, izlanishning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘zida aks ettiruvchi yozma xulosani (taqrizni) beradi. Ish muallifi bo‘lgan talaba kurs ishi himoyasigacha yozma taqriz bilan tanishib chiqishi lozim. Himoya tartibi kafedra tomonidan belgilanadi. Ish himoyasi uchun talabaga qisqa ma’ruza uchun 6-10 daqiqa beriladi va ushbu vaqtda talaba o‘z e’tiborini mavzu yoki mustaqil xulosalar natijalarini tashkil etuvchi holatlarning asosiy muammolariga qaratishi lozim. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling