Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija I. Kirish 4 II. Kurs loyihasini tayyorlashning dastlabki bosqichi
- III. Kurs loyihasini shakllantirish yuzasidan asosiy mezonlar………………………………………………………………………..
- IV. Kurs loyihasini tayyorlashda adabiyotlar va manbalar bilan ishlash………………………………………………….. 23 V. Tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish………………………..
- VIII. «Xalqaro mehmonxonalar tizimi» fanidan kurs loyihasi mavzularining ro‘yxati va glossariy…………………. 30 IX. llovalar……………………………………………………………………..
Uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy, o‘quv- uslubiy kengashida muhokama etilgan (2022-yil 26 martdagi 11-sonli bayonnoma). © Abduvali Isadjanov, Anvar Xudoyorov, Bobur Valiyev, 2022 3 Mundarija I. Kirish 4 II. Kurs loyihasini tayyorlashning dastlabki bosqichi…………………………………………………………………………. 7 2.1 Kurs loyihasini shakllantirishda uning mavzusini tanlash 7 2.2 Kurs loyihasining tarkibiy qismlari……………………………… 10 III. Kurs loyihasini shakllantirish yuzasidan asosiy mezonlar……………………………………………………………………….. 13 3.1 Kurs loyihasining mazmuni bo‘yicha umumiy talablar…... 13 3.2 Kurs loyihasining alohida qismlariga qo‘yiladigan talablar…………………………………………………………………………….. 15 3.3 Mavzularni yoritib berishga qo‘yilgan talablar……………… 21 3.4 Kurs loyihasi matniga stilistik talablar………………………. 22 IV. Kurs loyihasini tayyorlashda adabiyotlar va manbalar bilan ishlash………………………………………………….. 23 V. Tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish……………………….. 25 VI. Kurs loyihasi bo‘yicha ilmiy rahbar bilan ishlash…….. 27 VII. Kurs loyihasini himoya qilish va uni baholash………... 28 VIII. «Xalqaro mehmonxonalar tizimi» fanidan kurs loyihasi mavzularining ro‘yxati va glossariy…………………. 30 IX. llovalar…………………………………………………………………….. 35 4 I. KIRISH Mamlakatimiz yangi islohotlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni tubdan isloh qilish bilan bir qatorda milliy iqtisodiyotda erkin bozor tizimini qaror toptirib, rivojlantirish va iqtisodiy munosabatlarni zamonaviy uslublarda milliy manfaatlarga muvofiq shakllantirishni asosiy maqsad va ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olgan. Shu bois bu borada ilmiy nazariy va uslubiy ishlarni amalga oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki iqtisodiy taraqqiyot bevosita erkin iqtisodiy munosabatlar va samarali iqtisodiy faoliyat asosida kelib chiqishi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasida isbotini topgan. Shuning uchun O‘zbekistonda ham jahon hamjamiyati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlar bilan manfaatli iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish rivojlanib bormoqda. Bu vaziyat iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis-kadrlar tayyorlashni va jarayonni erkin iqtisodiy tamoyillar asosida ilmiy-nazariy va uslubiy o‘rganishni zaruriyatga aylantirdi. Shu bois oliy ta’limning iqtisodiyot sohasida bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarning iqtisodiy fanlardan kurs loyihasi tayyorlashi mustaqil ilmiy ijodiy faoliyat bo‘lib unda fanning nazariy asoslari va mohiyatini chuqur o‘zlashtirish, amaliy material va manbalarni tadqiq etish, jarayonlarni tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyati shakllanadi. Iqtisodiyot fanlaridan uslubiy qo‘llanma oliy ta’limning bakalavr bosqichida kurs loyihasi yozish va himoya qilish bo‘yicha tuzilgan bo‘lib; uni tayyorlash jarayonida: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 5 o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish Konsepsiyasi to‘g'risida’gi (2002 yil 7 mart № 71/44/22 sonli) buyrug'ining V. O‘quv adabiyotlarining shakllari va turlari to‘g'risidagi bo‘limi 5.2; O‘quv adabiyotlaming turlari bandining 12-xatboshi talablari, “Lotin alfavitiga asoslangan o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlarini yaratish to‘g'risida’gi (2004 yil 23 yanvar №20 sonli) buyruqlari asos sifatida qabul qilingan. Mazkur uslubiy qo‘llanmani tayyorlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan, "Ta’lim to‘g'risidagi” qonunidan, shuningdek, yangi shakllanayotgan mutaxassislarda ilmiy izlanishlar olib borish malaka va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya Komissiyasi me’yor va talablaridan ham ilmiy-metodik asos sifatida foydalanilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g’risida”gi 343-sonli qaroriga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 21-fevral 34-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan, “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g’risida Namunaviy nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 14-avgustdagi 286-sonli “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish to‘g’risida” buyrug’i asosida ishlab chiqilgan. 6 Ushbu uslubiy qo‘llanmada iqtisodiy fanlardan kurs loyihasi yozishda o‘ziga xos jihatlarni e’tiborga olish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin: • talabalarda asosiy ixtisoslikka oid dolzarb mavzu va masalalar borasida tasavvur hosil qilish hamda ularni o‘rganishga yo‘naltirish; • nazariy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash; • talabalarda jarayonni ilmiy nuqtai nazardan bayon etish va amaliyotga joriy etish malakasini shakllantirish; • talabalarning sohaga oid muammolar yechimini topish bo‘yicha iqtidorini rivojlantirish; • nazariy va amaliy faoliyat bilan bog'liq ilmiy adabiyotlarni va tahliliy materiallarni o‘rganish va tasniflash ko‘nikmasini hosil qilish; • talabalarda amaliy ma’lumotlar va statistik materiallar bilan ishlash hamda ulardan ilmiy asosda foydalanishga ko‘nikma hosil qilish kabilardir. Iqtisodiy fanlardan kurs loyihasi yozdirishdan maqsad talabada mavzu bo‘yicha ilmiy-amaliy muammolarni yoritib berish va ularni yechish borasida tavsiyalar ishlab chiqish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Shu bois, kurs loyihasining darajasi talabaning ilmiy nazariy tayyorgarligini muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling