Microsoft Word Лаборатория Нефть ва газ копия docx
Download 2.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Bronzalar.
Bronza deb misning qalay va boshqa elementlar (Al, Si, Be, Pl) bilan legirlanishiga qarab bronzalar: qalayli, alyuminiyli, kremniyli, berilliyli turlarga bo‘linadi. Bronzalar Br. harflari va legirlovchi elementlarning bosh xarflari bilan, hamda ularning miqdorini ko‘rsatadigan sonlar bilan belgilanadi, Masalan: Br. 0SS 4-4-2,5 markali bronzaning tarkibida qalay (0)-4%, rux (S)-4%, qurg‘oshin (S)-2,5 % bor. Qalayli quyma bronzaning strukturasi ikki fazadan iborat: α - dendrit kristallar (qalayning misdagi qattiq eritmasi) va ular orasida joylashgan evtektoid aralashma (α + β) ). Bu yerda b-Si 31 Sng birikmasi. Qalayli quyma bronza antifriksion (yengil sirpanadigan) detallar, tishli g‘ildiraklar, sirpanma podshipniklar va nam havoda hamda dengiz suvlari ta'sirida ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. 20-rasm Qalayli quyma bronzaning strukturasi. 32 Bosim ostida ishlov beriladigan bronzaning tarkibida qalayning miqdori 5-6% dan ortmaydi. Bronzaning bu turidan prujina, membrana, antifriksion detallar tayyorlashda va boshqa sohalarda foydalaniladi. Bosim ostida ishlov beriladigan va yumshatilgan bronzaning strukturasi bir xil α - qattiq eritmaning kristallaridan iborat. 21-rasmBosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan bronzaning strukturasi Alyuminiy va uning qotishmalari. Alyuminiyning strukturasi (bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan holatida) bir xil kristall donalardan iborat. Alyuminiy va uning qotishmalarini temir va kremniydan to‘la tozalash juda qiyin. Shuning uchun alyuminiy kristallarining orasida kremniyning kristallari (kulrang) Fe Al 3 birikmalari (qo‘ng‘ir) hamda alyuminiy – kremniy – temirdan tuzilgan o‘lchamli birikmalar uchrashi mumkin (35-rasm). Ular alyuminiyning va uning qotishmalarining plastikligini kamaytiradi. 22-rasm.Alyuminiy strukturasining sxemasi. Alyuminiy qotishmalari ikki turga bo‘linadi: a) Quyma qotishmalar. b) Bosim ostida ishlov beriladigan qotishmalar. Download 2.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling