1. Egila berib-egila berib, bellarim og`rib ketdi, kapitan aka.
Ushbu gapda –lar shakli qanday uslubiy ma`no ifodalab
kelyapti?
A) hurmat B) birgalikda anglash
C) jamlash D) ma`noni kuchaytirish
2. Do`stsiz boshim, -… siz oshim. Nuqtalar o`rniga mos
so`zni qo`ying.
A) tus B) sut C) sud D) tuz
3. Quyidagi qaysi javobda chiziqcha bilan yozish qoidasiga
rioya qilinmagan?
A) uyma-uy B) dar-badar
C) dam-badam D) poyma-poy
4. Qaysi javobda sinonim iboralar berilmagan?
A) kun og`di- quyosh qoraydi
B) avzoyi buzilmoq-kayfi buzilmoq
C) ichidan pishgan- yulduzni benarvon uradigan
D) olinmagan buzoqqa qoziq qoqmoq - tug`ilmagan bolaga ism
qo`ymoq
5. O`quvchilar test yechishyapti. Ushbu gapda qo`llangan
fe`lning nisbatini aniqlang.
A) aniq nisbat B) orttirma nisbat
C) o`zlik nisbat D) birgalik nisbat
6. Quyidagi qaysi javobda holat ravishlari berilgan?
A) qasddan,zo`rg`a B) jo`rttaga, arang
C) mardlarcha, jim D) noiloj, ataylab
7. Quyidagi qaysi birikmada tobe qismidagi so`z ko`chma
ma`noda qo`llangan?
A) sovuq xabar B) arraning tishi
C) obro`-e`tiborning o`sishi D) iste`dodning so`nishi
8. U kelinning og`zidan gapini uzib olganday tez-tez gapirar
emish. Ushbu gapda fonetik hodisaning qaysi turi qo`llangan?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi
C) tovush ortishi D) fonetik hodisa kuzatilmagan
9. Quyidagi qaysi gapda imloviy xato yozilgan so`z mavjud
emas?
A) Kechqurun ishtan qaytayotganimda markaz oldida ikki
kishining qorasini ko`rdim.
B) Salqin, juda mazali buloq suvini ichganingiz sari ichgingiz
kelaveradi.
C) Hovli ham, uy ham bo`m-bo`sh, hamma yog` suv quygandek
jimjit edi.
D) Dunyoda eng bebaho, ammo Benazir tarqatiladidan hazina
bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |