Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Rasulov Akram Muhamedovich(1929-1984)
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich (1936)
- Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar Ona jinslar
Rasulov Akram Muhamedovich(1929-1984) professor A.Rasulov O‘zbekistonda
birinchi qishloq xo‘jalik fanlari doktori, tuproqshunos olim hisoblanadi. U paxta maydonlari tuproqining unumdorligini oshirish, Qarshi cho‘llarini o‘zlashtirishda o‘zining ulkan xizmatlarini ko‘rsatgan yirik tuproqshunos-meliorator olimdir. Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich (1936)Tuproq yeroziyasi va melioratsiyasi sohasi bo‘yicha taniqli olim, akademik hisoblanadi. Q.M.Mirzajonov O‘zbekiston tuproqlarida ro‘y byeradigan deflyasion jarayonlarini (shamol yeroziyasi) chuqur o‘rgangan, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. SHamol yeroziyasiga uchragan tuproqlarni meliorativ 11 holatlari, agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalarini o‘rgangan. Respublika darajasida olim tomonidan ilmiy asoslangan tartibda ko‘plab ixota o‘rmonzorlari barpo qilindi. Uning chuqur ilmiy-ommabop ishlarini e’tiborga olib, Q.M.Mirzajonovni Respublika qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasiga muxbir a’zo, Nyu-York fanlar akademiyasining akademigi kabi unvonlarga sazovor bo‘lgan. G.N.Vыsotskiy «Tuproq va gruntdagi suv tarkibidagi yeritmalar bilan birgalikda bamisoli tirik organizmning qonidir.SHuning uchun ham tuproq hosil bo‘lishida suv rejimi birinchi o‘rinda turadi.» 2- MA’RUZA: TUPROQ HOSIL BO‘LISH JARAYONI REJA: 1. Tuproq ona jinsining paydo bo‘lishi 2. Magmatik, metomorfik va cho‘kindi jinslar 3. Fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash 4. Tuproq xosil qiluvchi omillar 5. Tuproqning minyeralogik tarkibi 6. Birlamchi va ikkilamchi minyerallar Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar Ona jinslar tuproqning minyeral asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi jinslarning mexanik, minyeralogik va kimyoviy tarkibi, fizik, kimyoviy fizik xossalari unda shakllanayotgan tuproqga bevosita ta’sir qiladi. Tuproq ona jinsining kelib chiqish tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan keskin farq qiladi. SHuning uchun tuproq bir xil unumdorlikka ega bo‘lmaydi. Yer yuzasida asosan tekisliklarda tarqalgan va tuproq paydo qila oladigan g‘ovak holdagi tog‘ jinslariga tuproq ona jinslari deyiladi. Tuproqning paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining nurashi va mahsulotlarining olib ketilishi va qayta yotqizilishi bilan bog‘liq. Yer yuzasida tog‘ jinslarining emirilishi, parchalanishi, o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alishi, surilish jarayonlari ko‘p bo‘ladi. Yer yuzasidagi og‘irlik kuchi asosan yerning ichki qismidagi zichlikning kattaligiga, massaning og‘irligiga va yer yuzasining qanday shakga ega ekanligiga bog‘liq. Litosfyera tarkibidagi har qanday tog‘ jinsi ham ona jins bo‘la olmaydi, qachonki nurash jarayonida hosil bo‘lgan g‘ovak holdagi tog‘ jinslari – ruxlyaklargina ona jins bo‘lish xususiyatiga ega. Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi gruppalarga: elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvilial, dengiz, ko‘l, muz, eol va lyoss yotqiziqlariga bo‘linadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling