Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Lomonosov Mixail Vasilevich (1711-1765)
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
Lomonosov Mixail Vasilevich (1711-1765) Rusensiklopedik olimi, fizik kimyo fani
asoschilaridan biri hisoblanadi. M.I. Lamonosov «Yer qatlamlari haqida» («O sloyax zmelnыx») nomli asarida (1763) Yer qatlamlari tabiatda bo‘ladigan murakkab jarayonlar natijasida hosil bo‘lishini, gumus nazariyasini o‘rgangan, qora tuproq va torflarning hosil bo‘lish jarayonini birinchi bo‘lib to‘g‘ri ifodalab byergan olimdir. M.V. Lomonosovning tuproqshunoslik fani tarixidagi xizmatlarini V.I. Vyernadskiy qo‘yidagicha - bu olim Rossiyada birinchi rus tuproqshunos olimi emas, balki umuman dunyo bo‘yicha birinchi tuproqshunos olimdir deb ta’riflaydi. Prof. V.V.Dokuchaev (1846-1903) Genetik tuproqshunoslikning asoschisi bo‘lib, tuproq haqidagi tushunchani ilmiy asosda o‘rgandi va tuproqning paydo bo‘lishi turli tabiiy omillarga bog‘liq ekanligini isbotladi.V.V. Dokuchaev tuproqshunoslikning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq to‘g‘risidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi. 1883 yilda V.V. Dokuchaevning «Rus qora tuprog‘i» («Russkiy chyernozem») nomli klassik asari nashr etildi. Bu asari bilan olim tuproqshunoslikni tabiiy fanlar qatoriga qo‘shdi va bu tuproq haqidagi ta’limotni rivojlanishiga yo‘l ochib byerdi. Tuproq deb, tog‘ jinslarining turli tabiiy omillar ta’sirida o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan yerning ustki unumdor qatlamiga aytiladi. V.V. Dokuchaev tuproq har qanday o‘simlik va hayvonot organizmi kabi rivojlanib, parchalanib o‘zgarib turadi deb ko‘rsatadi. V.V. Dokuchaev 130 dan ortiq ilmiy asarlar yozib qoldirdi va tuproqning tabiiy tarixiy tana ekanligini asoslab byerdi. V.V. Dokuchaev tomonidan yaratilgan tuproq haqidagi fan genetik tuproqshunoslik deb nomlanadigan bo‘ldi. N.M. Sibirsev V.V. Dokuchaev tuproqlar klassifikasiyasini yaratdilar va unga aniqliklar kiritdilar.O‘rta Osiyo tuproqlarini o‘rganishda va klasifikatsiya qilishda S.S. Neustruev, N.A Dimoning qilgan xizmatlari muhim rol o‘ynaydi. Tuproqshunoslikning agronomik va biologik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishga ayniqsa organik moddalarni o‘rganishda katta xissa qo‘shgan rus akademigi V.R.Vilyams, tuproq kimyosiga akademik K.K. Gedroys hisoblanadi. O‘rta Osiyoda bir guruh yirik olimlardan I.P.Gyerasimov, V.A.Kovda, A.A. Rode, N.A. Rozanov, N.A. Kachinskiy, M.A.Orlova, S.N.Rijov, A.M. Pankov N.V. Kimbyerg, 9 M.U.Umarov, M.B. Baxodirov va boshqalarning tuproqlar geografiyasi, fizikasi, melioratsiyasi va hakozalarni o‘rganishga o‘zlarini ulkan xizmatlarini qo‘shishgan. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling