Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

 
Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi 
Tuproqshunoslik fan sifatida uncha katta tarixga ega bo‘lmasada tuproq haqidagi dastlabki 
ma’lumotlar bundan 2-2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan. Qadimgi Xitoy va Misr, Hindiston 
va Vavilon, Armaniston, O‘rta Osiyo va assuriyalik olimlar, faylasuflarning asarlarida uchraydi. 
O‘sha davrlardayoq insonlar yerga solinadigan mahalliy o‘g‘itlar (go‘ng, hojatxona axlati, turli 
chiqindilar, ohak) va shuningdek dukkakli, boshoqli ekinlar, ekinlar hosildorligini oshirishning 
muhim omili ekanligini tajribadan bilganlar. Ayniqsa yeramizgacha V-1V asrlarda tuproq 
haqidagi bilimlar YUnonistonda ancha rivojlangan. Qadimgi yunon olimlari va faylasuflari 
Aristotel (Arastu) va Teofrast asarlarida tuproq haqidagi dialektik qarashlar va g‘oyalar asosiy 
o‘rinni egallaydi. Aristotelning shogirdi Teofrast (yeramizgacha 372-287) ning "o‘simliklar 
haqida tadqiqotlar" asarida tuproq xossalarini o‘simliklarning talabi asosida o‘rganish g‘oyasi 
oldinga suriladi. Unda tuproq unumdorligiga ko‘ra o‘simliklarning turlari va navlarini tanlash, 
tuproqqa ishlov byerish usullari haqida ko‘plab ilg‘or fikrlar aytilgan. Kishilar tuproqni 
insoniyat tarixida, qadim zamonlardan byeri o‘rganib kelganlar va bu insoniyat tarixi bilan 
o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Tuproq to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 
Yeramizdan 3-4 ming yil ilgari xitoylar, greklar va rimliklar yozib qoldirgan asarlarida 
uchratiladi. Yeramizdan 4 asr oldin yashagan faylasuf Aristotel va botanik Teofrast asarlarida 
tuproqning xossalari va o‘simliklarning oziqlanishi haqida ilk ma’lumotlari yozilgan. Markaziy 
Osiyo, jumladan Yeronda istiqomat qilgan buyuk allomalarimizdan Byeruniy, Ibn Sino 
asarlarida va “Qobusnomada” Avestoda tuproq to‘g‘risida, uni sug‘orish, ishlov byerish va 
xosildorlikni oshirish masalalari, turli kimyoviy zaharli moddalardan muhofaza qilish keng 
bayon etilgan.
O‘zbek xalqining o‘rta asrda yashab o‘tgan ulug‘ olimi Abu Rayxon Muhammad ibn 
Axmad Byeruniy litosfyeradagi foydali va qimmatbaho minyerallarning fizikaviy xossalarini 
o‘rganish va aniqlashda olamshumul ilmiy tadqiqot olib bordi va javohirlarni bilishga oid 


8
ma’lumotlar nomli genial asarini yozib qoldirdi. Byeruniyning bu qimmatli asari ona jins va 
tuproq minyeral qismining fizikaviy xossalarini o‘rganishda dastlabki muhim dastur va 
qo‘llanma hisoblanadi.
Bundan tashqari 1563 yilda fransuz olimi Byernar Palissining «Qishloq xo‘jaligidagi turli 
tuzlar» haqida asari nashr qilindi. Bu asarda tuproq o‘simliklarning minyeral oziq moddalar 
bilan ta’min etadigan asosiy vosita ekanligi bayon etiladi. 
Gollandiyalik alximik Van-Gelmont o‘simliklar faqat suv bilan oziqlanadi degan 
nazariyasi degan keyinchalik A.Teyyerning o‘simliklar tuproqdagi gumus moddalari bilan 
oziqlanadi degan noto‘g‘ri gumus nazariyasi paydo bo‘ladi. 1840 yilda nemis olimi YUstus 
Libix yashil o‘simliklar tuproqdan oziq moddalarni minyeral birikma holdagina oladi degan 
to‘g‘ri nazariyani dalillar bilan va yuqoridagi A.Teyyerning nazariyasini noto‘g‘ri ekanligini 
isbotladi. 
Bu sohada XVIII asrda Rossiyada ilmiy izlanishlar sezilarli darajada rivojlandi. Bu borada 
ulug‘ rus olimi Mixail Vasilevich Lomonosovning xizmatlari juda kattadir. Tuproqshunoslik 
fani XIX asrning oxirlarida Rossiyada ulug‘ rus olimlari V.V.Dokuchaev, P.A.Kostichev, 
N.M.Sibirsev, V.R.Vilyams g‘oyalari va asarlari tufayli shaklana boshlandi va rivojlandi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling