Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Magmatik yoki otqindi tog‘ jinslari-
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
Magmatik yoki otqindi tog‘ jinslari-tekisliklarda kam tarqalgan bo‘lib, asosan tog‘li
xududlarda CHotqol, Qurama, Hisor, Zarafshon, Turkiston va Nurota tog‘larida keng tarqalgan bo‘ladi. Magmatik tog‘ jinslari yer qobig‘ining ichki qismidagi olov kabi qizib turadigan, yuqori haroratga ega suyuq magmaning (magma-grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, hamir degan lug‘aviy ma’noga ega) sovishi natijasida paydo bo‘lgan. Magma yer qobig‘ining 40-120 km. chuqurligida joylashgan bo‘lib, asosan SiO 2 , Al 2 O 3 , MgO, Na 2 O, K 2 O, FeO, CaO lardan iborat. Bu oksidlar murakkab kimyoviy birikma holida emas; chunki yuqori darajali (1100 o ) harorat murakkab kimyoviy birikma paydo bo‘lishiga imkon byermaydi. Vaqt o‘tishi bilan magma sekin asta qota boshlagandagina murakkab kimyoviy birikish jarayoni boshlanadi. Natijada bir necha minyeral to‘plami (agregati) dan iborat bo‘lgan tog‘ jinsi paydo bo‘ladi. Magma yer betiga suyuq (lava) holida otilib chiqib, tezroq sovisa, effuziv tog‘ jinslari yoki vulqon tog‘ jinslari paydo bo‘ladi.Ma’lum geologik o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan jarayonlar natijasida magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslari litosfyeraning pastki qavatiga tushib qoladi. Kuchli bosim va yuqori issiqlik ta’sirida o‘zgargan tog‘ jinslariga metamorfik tog‘ jinslar deyiladi. Bu jinslar o‘zining strukturasi, qovushg‘og‘ligi va minyeralogik tarkibiga ko‘ra boshqa tog‘ jinslarilan farq qiladi. CHo‘kindi tog‘ jinslari - suv, shamol ta’sirida to‘plangan yoki o‘simlik va hayvon qoldiqlari yig‘indisidan iborat jinslar cho‘kindi tog‘ jinslari deyiladi. Bu tog‘ jinslari boshqa tog‘ jinslardan o‘zining kovaklik, g‘ovaklik va qatlamlilik singari xuxusiyatlari bilan farqlanadi.CHo‘kindi tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra uch sinfga –mexanik, kimyoviy va organik jinslarga bo‘linadi. Mexanik cho‘kindi jinslar magmatik yoki metamorfik tog‘ jinslari parchalari yig‘indisidan iborat. Bu jinslar zarralarining kattaligiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi: loyqalar guruhiga 0,01 mm dan kichik jinslar kiradi. Kimyoviy cho‘kindi tog‘ jinslari kontinental iqlim sharoitida, shuningdek, ko‘l va dengiz suvida yerigan turli tarkibdagi kimyoviy birikmalarning oksid yoki tuz holida cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladi. Organik cho‘kindi tog‘ jinslar o‘simlik va hayvon qoldiqlaridan paydo bo‘lgan tog‘ jinslariga organik cho‘kindi jinslar yoki biolitlar deyiladi. Torf, toshko‘mir hamda myergel va yonuvchi slanetslar organik cho‘kindilar hisoblanadi. Neft ham suyuq holdagi organik cho‘kindi hisoblanadi. U ma’lum sharoitda qolganda, undan 15 ozokyerit (tog‘ mumi) va asfalt kabi tog‘ jinslari hosil bo‘ladi. Organik cho‘kindi tog‘ jinslari hamma turlarining ayniqsa toshko‘mir va neftning xalq ho‘jaligida ahamiyati katta. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling