Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona jins (S)
- Tuproqlarning rangi
V
h - gumusli moddalar shimilgan, V k - karbonatlar tuplangan, V s - sulfatlar va xloridlar keltirilgan. V i - il (loyka) zarrachalari keltirilib to‘plangan qatlamchalari ajratiladi. Tuproqning yuqori qismidan moddalar yuvilib keltirilmaydigan sharoitda (qora tuproq, kashtan va bo‘z tuproq kabilarda) V - gorizont illyuvial hisoblanmasdan balki gumusli akkumulyativ gorizontdan jinslarga o‘tuvchi qatlamdan iborat. U ko‘pincha struktura va qovushmasiga ko‘ra V 1 V 2 gorizontchalariga ajratiladi. Gley (byerch) gorizonti (G) - gidromorf tuproqlarda hosil bo‘ladi. Doimiy yoki uzoq muddatli suv bosib turadigan o‘ta nam va yerkin kislorod etishmaydigan sharoitda, tuproqda anayerob-qaytarilish jarayonlari boradi. Natijada temir, marganetsning va alyuminiy harakatchan shaklining to‘liq oksidlanmagan (zakis) birikmalari yuzaga keladi hamda o‘ziga xos qiyofa, ya’ni ko‘kimtir, kulrang-zangori yoki xira yashil tus byeradi. Agar gleylanish 20 boshqa gorizontlarda ham ifodalangan bo‘lsa, ularning harfli indekslari yoniga "g" deb yozib qo‘yiladi. Masalan, Ag, Bg va hokazo. Ona jins (S) tuproq paydo bo‘lish jarayonlari kam ta’sir etgan g‘ovak jinslardan iborat. Tuproq osti tub jinslari (D), odatda tuproq gorizontlari muayyan jinslarda paydo bo‘lib, uning ostida esa boshqa xossalarga ega jinslar mavjud bo‘lganda ajratiladi. Har bir tuproq tipi uchun o‘ziga xos gorizontlar xaraktyerli bo‘lib, ba’zan bu gorizontlar ayrim tuproqlar profilida bo‘lmasligi mumkin. Tuproqlarning rangi (tusi) ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan eng muhim morfologik belgilardan biridir. Tuproqning rangi (tusi) unda kechadigan jarayonlarni ifodalab, tuproqlarni muayyan tiplarga kiritish imkonini byeradi. SHuning uchun ham aksariyat tuproqlar uning rangi, tusiga ko‘ra nomlanadi (podzol, qizil va sariq, qora, bo‘z tuproqlar va h.k.) Tuproqning rangi birinchi navbatda uning kimyoviy va minyeralogik tarkibi va boshqa qator xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqning rangi ko‘pincha tuproq hosil qiluvchi ona jinsdan myeros bo‘lib o‘tishi mumkin. Tuproqning rangi eng muhim morfologik belgilaridan biri bo‘lib, ona jinsdan shu belgisi bilan farq qilib turadi. Tuproqning rangi va tuslarida tuproq paydo bo‘lish jarayonlari yaqqol aks etgan bo‘ladi. SHuning uchun ham bu belgi tuproqda kechadigan ko‘plab jarayonlarni va tuproqning kelib chiqish mohiyatini tushunishda alohida ahamiyatga ega. Tuproqning rangi uni tashkil etgan moddalar tusi hamda tuproqning fizik holati va namlik darajasi bilan aniqlanadi. Tuproq rangini belgilovchi eng muhim moddalar jumlasiga: 1) gumus, 2) temir birikmalari, 3) kremnezem birikmalari va ohak moddalari singarilar kiradi(4– rasm). Zaxarov uchburchagi. Tuproqda organik modda, gumus qancha ko‘p bo‘lsa, uning tusi shuncha qoramtir bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi temir oksidi birikmalari tuproqqa qizil, to‘qsariq va sariq tus, temirning to‘liq oksidlanmagan birikmasi (zakisi) - ko‘kimtir, zangori, yashil tusni byeradi. Masalan botqoq tuproqlarida uchraydigan vivianit (Fe 3 (PO 4 ) 2 *8H 2 O) tuproqqa yashilsimon ko‘k tus byeradi. Kremnezem (SiO 2 ), kalsiy karbonati (SaSO 3 ) va kaolinit (H 2 Al 2 Si 6 O 8 * 2H 2 O) oq va oqish tus byeradi, ba’zan oqish tus gips (SaSO 4 *2H 2 O) va suvda oson yeruvchi tuzlar (NaCl, Na 2 SO 4 * 8H 2 O va boshqa) ishtirokida ham yuzaga keladi. Tuproqning rangiga qarab shu tuproqga nom byerish mumkin. Masalan: qora, kashtan, qizil, bo‘z tuproqlar va hakozolar. Tuproqlarning rangi tuproq hosil qiluvchi jinslarning kimyoviy tarkibi va chirindi miqdoriga qarab o‘zgarib boradi. Tuproq tarkibida chirindi moddalari qancha ko‘p bo‘lsa, uning rangi shuncha qoramtir bo‘ladi. Tuproqda chirindi miqdori kamaygan sari tuproqning rangi och tusga kirib boradi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling