Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
1.Litomorflar - tosh bo‘lakchalari, shag‘allar.
2. Antropomorflar - g‘isht bo‘lakchalari, oyna siniqlari, chinni siniqlari, kalla suyaklari tirik mavjudodlarniki, inson ta’sirida kelib qolgan, inson bilan bog‘liq. 3. Kriomorflar - turli muz formalari bu bazada uchramaydi. 4. Biomorflar - o‘simlik fitolitlar, hayvonlar, zolitlar, oksalalar, kristobalitlar va h.k.lar. 27 4- MA’RUZA: TUPROQDAGI ORGANIK MODDALAR Reja: 1. Tuproqdagi organik moddalarning manbai, miqdori va tarkibi. 2. Organik va kimyoviy birikmalarning tuproqda parchalanishi 3. Organik moddalar sxemasi 4. Tuproqda gumus (spetsifik organik moddalar) ning hosil bo‘lishi va u haqidagi asosiy nazariyalar. 5. Tuproq gumusining tarkibi va xossalari. 6. Turli tuproqlarda gumus miqdori, sifat tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar. 7. Tuproq unumdorligini oshirishda gumusning roli. 8. Tuproqdagi gumus miqdorini ko‘paytirish usullari. 9. Gumusni aniqlash usullari Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o‘simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan hamda tuproqning o‘ziga xos moddasi - gumus yig‘indisidan iborat. Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo‘lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir. Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va tuproq faunasi (jonivorlari) ham ishtirok etadi. Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o‘simlik qoldiqlari 10 foiz, tuproq florasi va faunasi (tirik zamburug‘lar, suv o‘tlari, baktyeriya va aktinomitsetlar, yomg‘ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo‘ladi. Yashil o‘simliklar eng ko‘p biomassa to‘plash imkoniyatiga ega. Ularning har yili to‘playdigan biomassasi umurtqasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan o‘nlab yuzlab marotaba, umurtqali hayvonlarga nisbatan esa bir necha ming marotaba ko‘p. SHuning uchun ham tuproqdagi organik moddalarning asosiy qismi yashil o‘simliklarning yer yuzasiga tushadigan qoldiqlari va ildizlari hisobiga bo‘ladi (7-rasm). Tuproqda to‘planadigan organik qoldiqlar tarkibida kul moddalar (Sa, K, R, Si. Fe, S cingari), uglevodlar, oqsillar, lignin, lipidlar, mumlar, smolalar, oshlovchi moddalar va Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling