Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Biologik yangi yaralmalar
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq qo‘shilmalari
Biologik yangi yaralmalar ildizlar, chuvalchang, hashorotlar va lichinkalarning axlatlari,
pillalari, kovak va yangi yaralmalar bilan to‘lib qolgan in va yo‘llar shaklida namoyon bo‘ladi. Boshqa qatlamlarning tuprog‘i bilan to‘lib qolgan ko‘rsichqon inlari ham biologik yaralma hisoblanadi. Bu inlardagi tuproq odatda rangi bilan ajralib turadi. Tuproq jonivorlarining hayot- faoliyati va o‘simliklar ildizining rivojlanishi davrida paydo bo‘lgan joylarda har xil organik birikmalar hamda ayrim jonivorlar organizmi orqali chiqarilgan moddalar biologik yangi yaralma deb ataladi. Bularga koprolitlar yomg‘ir chuvalchanglari chiqindilari; krotovinalar - yer kavlaydigan hayvonlar (ko‘rsichqon, yumronqoziq, sug‘urlar kabilar) ning bo‘sh yoki 26 chiqindilar bilan to‘ldirilgan yo‘llari; yirik ildizlar chirishidan to‘planadigan ildiz qoldiqlari; struktura bo‘laklari ustida qoldirilgan noziq ildiz yo‘llari - dendritlar singarilar kiradi. Yangi yaralmalarning u yoki bu chuqurlikda, turli shaklda vujudga kelishi tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi) bilan bog‘liq. Bu hol ularning unumdorlik darajasini belgilash va meliorativ chora tadbirlarni belgilashga imkon byeradi. Tuproq qo‘shilmalari Tuproq hosil bo‘lish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan har xil narsalar qo‘shilmalarga kiradi: ya’ni chig‘anoqlar, inson, xayvon suyaklari, pishiq g‘isht bo‘laklari, ko‘mirlar, idish-tovoqlarning siniqlari, ildizlar hamda shoh - shabbalarning chirimay qolgan qismlari, xashorat va jonivorlarning inlari, toshlar, shag‘al toshlar, chag‘irtoshlar va hokozolar.Tuproq qo‘shilmalari tuproq hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etmaydi. CHunki ular qaysidir omil ta’sirida tuproq tarkibiga qo‘shilib qolgan bo‘ladi. Qo‘shilma deb, tuproq paydo bo‘lish jarayonlari bilan bog‘lik bo‘lmagan, lekin keyinchalik tashqaridan aralashib qo‘shilib qolgan organik va minyeral moddalarga aytiladi. Hayvonlarning suyagi, turli chig‘anoqlar, o‘simlik qoldiqlari biologik qo‘shilma bo‘lib, tosh, shag‘al va boshqa jism bo‘laklari minyeral qo‘shilma hisoblanadi. Bulardan tashqari ko‘mir bo‘lakchalari, uy hayvonlari suyaklari, uy-ro‘zg‘or buyumlari siniqlari (sopol va chinni idish bo‘laklari) va insonlarning suyaklari kabi narsalar arxeologik qo‘shilmalardir. Bu qo‘shilmalarni o‘rganish natijasida tuproqning yoshi va insonlarning tuproqqa ta’siri tarixini aniqlash mumkin. Qo‘shilmalar kelib chiqishiga qarab 4 xil ga bo‘linadi: Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling