Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

YAngi yaralmalar Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida tuproq profilida vujudga kelgan turli 
kimyoviy tarkib va shakldagi moddalar to‘plamiga yangi yaralmalar deyiladi. Tuproqda yuz 
byeradigan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar, shuningdek o‘simlik va hayvonlarning 
tuproqqa bevosita ta’siri natijasida yangi yaralmalar hosil bo‘ladi. Ular kelib chiqishiga qarab 
biologik yoki kimyoviy yangi yaralmalarga ajratiladi. 
Tuproqdagi kimyoviy yangi yaralmalar turli moddalarni hosil qiluvchi kimyoviy 
jarayonlarning natijasidir. Kimyoviy jarayonlar natijasida bu moddalar hosil bo‘lgan joylarda 
cho‘kmaga tushishi, yoki tuproq yeritmasiga o‘tishi mumkin. Bunday holda u yeritma bilan 
profilning yuqori yoki pastki qismiga harakat qilishi, yoki profildan butunlay chiqib boshqa 
joylarda cho‘kma hosil qilishi mumkin. Kimyoviy yangi yaralmalarning qatqaloq, mog‘or-dog‘, 
naychasimon, konkrensiyalar kabi qator shakllari tuproq profilida uchraydi. Tuzlar, temir 
gidrooksidlari va boshqa moddalarning yaxlit qattiq yoki ichi kovak konkretsiyalari ham yangi 
yaralmalarga kiradi.
Gips (CaSO
4
2H
2
O) tuproq yuzasida qatqaloqlar hosil qilsa, uning profilida esa 
bo‘shliqlarni to‘ldiruvchi katta kichik kristallar shaklida bo‘ladi. Bu kristallar o‘lchami ba’zan 
kattalashib, druzlar hosil qiladi. O‘zbekistonning sahro mintaqasida gips oq rangli sof yoki 
melkozyom aralash naysimon- kovakli massalardan iborat qalinligi bir necha sm dan bir necha 
metrga etadigan qatlamlar hosil qilishi mumkin. Kalsiy karbonat (CaCO
3
) agregatlar sirtida 
g‘uborlar, mayda oq dog‘lar (oq ko‘zanak), konkretsiyalar, pufakchalar va quyilmalar hosil 
qiladi. Tog‘ oldi xududlarining gidromorf tuproqlarida CaMg (CO
3
)
2
to‘planishi natijasida 
qalinligi bir necha sm dan iborat bo‘lgan “shox” qatlamlari hosil bo‘ladi. Temir gidrooksidi va 
oksidlari tuproq profilida ko‘kimtir, zangori, zangsimon dog‘lar va konkretsiyalar shaklda 
uchraydi. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling