YAngi yaralmalar Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida tuproq profilida vujudga kelgan turli
kimyoviy tarkib va shakldagi moddalar to‘plamiga yangi yaralmalar deyiladi. Tuproqda yuz
byeradigan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar, shuningdek o‘simlik va hayvonlarning
tuproqqa bevosita ta’siri natijasida yangi yaralmalar hosil bo‘ladi. Ular kelib chiqishiga qarab
biologik yoki kimyoviy yangi yaralmalarga ajratiladi.
Tuproqdagi kimyoviy yangi yaralmalar turli moddalarni hosil qiluvchi kimyoviy
jarayonlarning natijasidir. Kimyoviy jarayonlar natijasida bu moddalar hosil bo‘lgan joylarda
cho‘kmaga tushishi, yoki tuproq yeritmasiga o‘tishi mumkin. Bunday holda u yeritma bilan
profilning yuqori yoki pastki qismiga harakat qilishi, yoki profildan butunlay chiqib boshqa
joylarda cho‘kma hosil qilishi mumkin. Kimyoviy yangi yaralmalarning qatqaloq, mog‘or-dog‘,
naychasimon, konkrensiyalar kabi qator shakllari tuproq profilida uchraydi. Tuzlar, temir
gidrooksidlari va boshqa moddalarning yaxlit qattiq yoki ichi kovak konkretsiyalari ham yangi
yaralmalarga kiradi.
Gips (CaSO
4
2H
2
O) tuproq yuzasida qatqaloqlar hosil qilsa, uning profilida esa
bo‘shliqlarni to‘ldiruvchi katta kichik kristallar shaklida bo‘ladi. Bu kristallar o‘lchami ba’zan
kattalashib, druzlar hosil qiladi. O‘zbekistonning sahro mintaqasida gips oq rangli sof yoki
melkozyom aralash naysimon- kovakli massalardan iborat qalinligi bir necha sm dan bir necha
metrga etadigan qatlamlar hosil qilishi mumkin. Kalsiy karbonat (CaCO
3
) agregatlar sirtida
g‘uborlar, mayda oq dog‘lar (oq ko‘zanak), konkretsiyalar, pufakchalar va quyilmalar hosil
qiladi. Tog‘ oldi xududlarining gidromorf tuproqlarida CaMg (CO
3
)
2
to‘planishi natijasida
qalinligi bir necha sm dan iborat bo‘lgan “shox” qatlamlari hosil bo‘ladi. Temir gidrooksidi va
oksidlari tuproq profilida ko‘kimtir, zangori, zangsimon dog‘lar va konkretsiyalar shaklda
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |