Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

mexanikaviy elementlar deyiladi. Mexanik elementlar tarkibiga ko‘ra minyeral, organik va 
organo - minyeral zarrachalardan iborat Bu zarrachalar tog‘ jinslarining bo‘lakchalaridan 
ayrim (birlamchi va ikkilamchi) minyerallar, chirindi moddalar va organik hamda minyeral 
moddalarning o‘zaro ta’sirlaridan hosil bo‘lgan maxsulotlardan tashkil topgan. 
Ona jins va tuproq tarkibidagi har xil o‘lchamdagi minyeral zarrachalarning foiz 
hisobidagi nisbiy miqdoriga tuproqning m e x a n i k t a r k i b i deyiladi.
Mexanik elementlar o‘zining katta kichik o‘lchamlariga qarab fraksiyalarga bo‘linadi. 
Zarrachalarning o‘lchamlari har xil bo‘lgani uchun ularni gruppalarga bo‘lib, klassifikatsiyalab 
tuzilgan. V.R.Vilyams 1893, V.V. Dokuchaev 1886, Sabinin 1903, N.A Kachinskiy 1937,1957, 
V.V. Oxotin 1940 va xakozolar klassifikatsiyalari mavjud. Xozirgi kunda tuproq fizikasida 
mexanik elementlarning 10 dan ortik klassifikatsiyalalari mavjud. 
N.A.Kachinskiyni (1943y) klassifikatsiyaga ko‘ra mexanik elementlar 6 gruppaga 
bo‘linadi. 
1.
Tosh 3 m dan katta 
2.
SHag‘al 3-1 mm 
3.
Kum 1-0,5: 0,5-0,25: 0,25-0,05 
4.
To‘zon 0,05-0,01: 0.01-0,005: 0,005-0,001 
5.
Loyqa 0,001-0,0001 
6.
Kolloid 0,0001 dan kichik zarrachalar.
0,01 mm dan katta mexanik elementlar fizikaviy qum0,01 mm dan kichigi fizik loy 
deyiladi.
Tuproq mexanik tarkibi tuproq unumdorligi uchun muxim ahamiyatga ega ekanligi 
olimlarning o‘z ishlarida ko‘rsatib o‘tganlar, har bir olimni qilgan klssifikatsiyasi o‘ziga xos 
bo‘lib ular tuproqning kelib chiqishining genetik xususiyatlariga e’tibor byergan xolda tuzilgan. 
Ular bir-biriga o‘xshamaydi. 4-6-11-16 ta zarrachalar ajratgan va x.k. 
Tuproqdagi mexanik elemetlar tabiiy sharoitda doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Tuproqda
hosil bo‘lgan har xil organik kislotalar, oxak moddasi ta’sirida yoki mexanik zarrachalardagi 


23
mavjud yuza tortish kuchlari, ya’ni Vandyer Vals kuchlari ta’sirida tuproq agregatlari, birlashib, 
tuproq agregatlarini hosil qiladi.
D - 0,25 dan katta zarrachalar  makroagregatlar 
D - 0,25 dan kichik zarrachalar  mikroagregatlar
Tuproq mexanik tarkibini aniqlashni bir necha uslublari mavjud : elakchalardan o‘tkazish, 
elash-tosh va qumlarning guruhlarga ajratishda, dala sharoitida xo‘l va quruq aniqlash, shamol 
yuborish uslubi bunda tuproqning yirik zarrachalari to‘g‘risida nisbiy ma’lumotga ega 
bo‘lamiz. Oqar suvda bo‘tanalashda turli o‘lchamdagi mexanik zarrachalarning suvda 
xarakatlanishi va ularning cho‘kish tezligiga asoslanadi. Tinch suvda bo‘tanalash ya’ni 
tayyorlangan bo‘tanadan pipetka orqali o‘rtacha namuna olish orqali turli mexanik 
zarrachalarning mexanik miqdori topiladi. 
Tuproqning mexanik tarkibi tuproqda unumdorlikni belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan 
biri bo‘lib, birinchi navbatda uning agronomik ahamiyati katta.Turli mexanik tarkibli tuproqlar 
xar xil unumdorlikka ega bo‘lganligi uchun yerni ishlash, o‘simliklarni oziqlantirish bo‘yicha 
turli agrotexnik tadbirlar olib boriladi. 
Tuproqning mexanik tarkibi ona jinslar tarkibi bilan bog‘liq bo‘lib, yerdan to‘g‘ri 
foydalanilganda va turli tadbirlar qo‘llanilganda, uning xossalari yaxshilanib boradi. Masalan, 
qumli tuproqlarni gillash (yerga loyqa oqizish) mahalliy o‘g‘it qo‘llanish bilan yoki og‘ir soz 
tuproqlarni esa qumlash (yerga qum solish) kolmataj yo‘li bilan unumdorlikni yaxshilab borish 
mumkin. 
Mexanik tarkibga ko‘ra tuproqlarning xossalari jumladan fizik-mexanik, fizik – kimyoviy 
va biokimyoviy xossalari o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida tuproq strukturasiga va unumdorlikka 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Dala sharoitida ho‘l uslub yaxshi amalga oshirilsa laboratoriya sharoitida olinadigan 
natijaga yaqin ma’lumot olish mumkin. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling