Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

5- MA’RUZA:
 
 TUPROQ HOSIL QILUVCHI OMILLAR 
REJA: 
1.
Tuproq hosil bo‘lishida ona jinsning roli
2.
Tuproq hosil bo‘lishida o‘simlik vaxayvonot olamini roli 
3.
Tuproq hosil bo‘lishida iqlimni roli 
4.
Tuproq hosil bo‘lishida relefni ta’siri 
5.
Tuproq hosil bo‘lishida inson faoliyatini ta’siri 
6.
Tuproq hosil bo‘lishida vaqt omilini ta’siri 
Tabiatda uchraydigan turli tuproqlar shu sharoitni turli omillarning ta’sirida hosil bo‘ladi. 
Genetik tuproqshunoslikning asoschisi bo‘lgan V.V.Dokuchaev tuproq hosil qilish omillarini 
birinchi bo‘lib aniqlagan. Keyinchalik V.V.Dokuchaevni ta’limotini N.M.Sibirsev, 
V.R.Vilyams, P.A.Kostechevlar to‘ldirishgan. har bir omilni tuproqqa ta’sirini, uning 
ahamiyatini 
P.A.Kostechev, 
V.R.Vilyams, 
Zaxarov, 
S.S.Neustruev 
va 
boshqalar 
V.V.Dokuchaev ta’limoti asosida rivojlantirdi. 
Rossiyada birinchi bo‘lib V.V.Dokucheav tomonidan tuproq hosil bo‘lishi quyidagi 
formula orqali ifodalandi. 
T = F (I 
.
J
.
Tj 
.
R)V 
T – Tuproq, I – iqlim, J – jonivorlar va o‘simliklar, Tj – tog‘ jinslari, R – rel’ef, V – vaqt, F – 
funksiya. 
Tuproq paydo qiluvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat. 
1.Tuproq ona jinsi
2. O‘simliklar vaxayvonot olami 
3. Iqlim 
4. Relef 
5. Inson faoliyati 
6. Tuproqning yoshi
Bu faktorlar tuproq paydo bo‘lishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham tuproq 
unumdorligi turlicha bo‘ladi. 
Tuproq ona jinsi . Tuproq hosil bo‘lishida, rivojlanishida, unumdorligida tuproq ona 
jinsining roli nixoyatda katta. Tog‘ jinslarini fizik-kimyoviy biologik kurashi natijasida hosil 
bo‘lgan tuproq ona jinsini tarkibi va xossalari tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalariga 
ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. CHunki bizga ma’lumki o‘tgan darslardan tuproqning 90% dan 
ko‘p qismi tuproq qosil bo‘lishi ta’sirida o‘zgargan ona jinsdan iborat. 
Tuproqni tarkibidagi har bir element shu ona jinsni tarkibiga bog‘liq: Masalan, bizni 
tuproqlarni ona jinslari lyoslar bo‘lsa, bu ma’lumki karbonatlarga boy, Kaliy elementiga boy, 
Fosforga kambag‘al. SHuning uchun ham tuproqlarimiz, syer karbonatli, kaliyga boy, fosforga 
kambag‘al tuproqlar hisoblanadi. 
Agar ona jinsda zararli tuzlar ko‘p bo‘lsa foydali elementlar kam bo‘ladi. Natijasida bu 
ona jinslar ustida hosil bo‘lgan tuproqlar sho‘rlangan va unumdorligi past tuproqlar hosil 
bo‘ladi. Agar ona jinsni mexanik tarkibi og‘ir bo‘lsa, buni ustida hosil bo‘lgan tuproqlarning 


37
suv o‘tkazuvchanligi va havo o‘tkazuvchanligi yomon bo‘ladi. Neytral va asosli jinslarning 
nurash maxsulotlari ustida, ular oziq elementlarga boy bo‘lganligi uchun, asoslar bilan
to‘yinganligi, chirindisi ko‘pligi, qumoq granulometrik tarkibga ega bo‘lganligi tufayli
unumdorlik darajasi yuqori bo‘lgan tuproqlar vujudga keladi. Bu tuproqlarga lyosslar ustida
hosil bo‘lgan bo‘z tuproqlar misol bo‘ladi. 
Taqirli tuproqlar qoldiq tog‘larning yon bag‘irlarida, qadimgi allyuvial tekisliklarda o‘rta 
va og‘ir granulometrik tarkibli ona jinsar ustida rivojlanadi. Qumli saxro tuproqlari esa - 
engil granulometrik tarkibli jinslar ustida hosil bo‘ladi.Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar 
tuproqlarning vujudga kelishida muxim ahamiyatga ega, uni xech qanday omil bilan 
almashtirish mumkin emas. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling