Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiatga insonning ta’sir qilish shakllari quyidagi sxemada o‘z aksini topgan
Inson omili. Inson yerdan foydalanish faoliyatida uni o‘z maqsadiga muvofiqlashtirilgan xolda o‘zgartirishga harakat qiladi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida insonjuda aktiv ishtirok etadi va uni xossa va xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay balki, u o‘z xoxishiga binoan kyerakli bo‘lgan tomonga o‘zgartira oladi. SHunday xulosa qilish mumkinki. inson tuproqqa ongli va ongsiz ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq paydo bo‘lishida inson omilining roli katta bo‘lib, uni unumdorlikni boshqarish qobiliyatiga egadir. Inson faoliyati tuproq hosil bo‘lish jarayonining agrotexnik tadbirlar, geologik va qurilish ishlari, daraxtlarni kesish, sizot suvlarini satxini pasaytirish yoki uni ko‘tarish singari ishlar 39 orqali tuproqqa ta’siri ko‘rsatadi. Tabiatga insonning ta’sir qilish shakllari quyidagi sxemada o‘z aksini topgan: antropogen omil, ya’ni inson faoliyati maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan holda amalga oshirilsa tuproq xossalari yaxshilanadi, unumdorlik oshadi. antropogen omilning noto‘g‘ri yondoshishi ta’sirida bir qator salbiy jarayonlar yuzaga keladi. ular jumlasiga degumifikatsiya (gumusning kamayishi), sho‘rlanish, yeroziya, tuproq reaksiyalarining o‘zgarishi ishqoriy va kislotali tomonga, xaydalma osti qatlamining zichlashishi, tuproqlarning nitaratlar, ftor, og‘ir metallar, radioktiv elementlar, pestitsidlar bilan ifloslanishi va xokozolar kiradi. 40 6- MA’RUZA: O‘ZBEKISTON TUPROQ TIPLARI REJA: 1. Respublikada tarqalgan tuproq tiplari 2. Sug‘oriladigan tuproqlar 3. Tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari 4. Tuproq vyertikaltik mintaqaviylik qonuniyati 5. Tuproqlarning gorizontal zonallik bo‘yicha tarqalishi 6. Introzonal tuproqlar 7. Avtomorf tuproqlar va ularning xossalari 8. Gidromorf tuproqlar va ularning xossalari 9. Tuproqlar ularning tarqalishi xossa va xususiyatlari 10. Grunt suvlarining tuproq xossalariga ta’siri O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitlarining murakkabligi bu yerda tuproqlarning turlicha bo‘lishini, hamda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Keyingi paytlarda insonlarning aktiv ta’siri natijasida yerdan foydalanish sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y byermoqda O‘zbekiston respublikasini tyerritoriyasi asosan cho‘l zonasida joylashgan bo‘lib, unda asoan sur-qo‘ng‘ir tuproqlar 25,26%, qumli cho‘l tuproqlar 30,34 keng tarqalgan, bo‘z tuproqlar 23%, qo‘ng‘ir va jigarrang tuproqlar 4,5% tashkil qiladi. Taqir tuproqlar bor 4% sho‘rxok tuproqlar - 4% tashkil qiladi. Tog‘ jigarrang tuproqlari- dengiz sathidan 1500 metr balandlikdan yuqorida joylashgan bo‘lib, bu tuproqlar Respublikamizning shimoliy, shimoliy-g‘arbiy, hattoki janubiy qismida joylashgan CHotqol, Turkiston, Xisor tog‘ tizmalarida tarqalgan shu tipdagi tuproqlar kabi qalin melkozemli va katta hududni tashkil qilmasdan, balki kichik xalqalar, orolchalar tariqasida juda yupqa melkozemli, biroq o‘ta skeletli och jigar rang, qalinligi 3-5 sm. chimli qatlamdan iborat, uning ostki qismida esa chim osti qatlam bo‘lib, tuproq massasining rangi qo‘ng‘irsimon jigarrangli kesakchali (chang aralashgan) agregatli bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. Karbonatli birikmalar profilning 50-70 sm.da joylashgan bo‘lib, u tezda o‘ta toshli delyuvial-prolyuvial yotqiziqqa yoki tub tog‘ jinsiga o‘tadi. Tuproq profili qalin emas (40-50,ba’zan 70sm gacha), o‘ta toshli, mexanik tarkib jihatdan og‘ir qumoqlidir. Bu tuproqlarning chimli qatlamida gumus miqdori -2,35-2,65foiz, chim osti qatlamida -1,40-1,65 keyingi qatlamlarda 0,5 -1,4 foizgacha gumus bo‘ladi Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling