Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv yeroziyasi
46 7- MA’RUZA: TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH Reja: 1. O‘zbekiston tuproqlari va ularning xolati 2. SHo‘rlangan tuproqlar 3. Ifloslangan tuproqlar 4. Yeroziyaga degradatsiyaga uchragan tuproqlar 5. Tuproqlarni muxofaza qilish va saqlash hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridir 1987 yilda O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida turli darajada sho‘rlangan maydonlar 1970,7 ming gektar bo‘lib, jumladan kam sho‘rlangan 1117,7 ming gektar, o‘rtacha sho‘rlanish 611,2 va kuchli sho‘rlangan 241,8 ming gektar. tashkil qiladi. Demak: sho‘rlangan tuproqlar - 55,4% kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 25,2% o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar - 13,4% kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 5,8% juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 0,2% tashkil qiladi. Bu olingan ma’lumotlar 1990 yilgacha olingan ma’lumotlardir. Dexqonchilik qilinadigan joylarda ekinlarni joylashtirishni ilmiy jihatdan asoslanmagan sistemalarini qo‘llash natijasida tuproqlar suv va shamol yeroziyasini kuchaytirishga olib kelmoqda. Yeroziya (lotincha o‘yilish, emirilish) suv va shamol ta’sirida tuproqning emirilish jarayonidir. Tuproq yeroziyasi kelib chiqishiga qarab suv yeroziyasi va shamol yeroziyasiga bo‘linadi. Suv yeroziyasi - suv ta’sirida emirilishiga, shamol natijasida emrilishiga shamol yerozyasi deyiladi Tuproq turli ta’sirlar natijasida tez buziladigan va amalda deyarli tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Hisoblarga ko‘ra 10smqalinlikdagi tuproqqatlamining hosil bo‘lishi uchun 1400 - 1700 yil kyerak. CHunki taxminan 100 yilda atigi 0,5- 2 sm tuproqqatlami hosil bo‘ladi. Tuproqlarni muhofaza qilish tuproqlarni yeroziyadan saqlash. Buning uchun turli ixota daraxtlarni o‘tkazish, tog‘li rayonlarda ko‘ndalangiga tyerrassalash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Yerlarni sho‘rlanishidan saqlash Ximikatlar bilan zaxarlanishi, o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, Tuproqlarninng og‘ir metallar bilan ifloslanishini oldini olish hisoblanadi. Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslar bitmas-tuganmas ulardan qancha foydalansa ham tugamaydi degan tushunchaga ega edi. Ammo inson insonning tabiatga ta’sir etishi va uning resurslardan noto‘g‘ri foydalanishi tufayli tabiiy muxit ifloslanib, xo‘jalikka va ayniqsa inson salomatligiga ta’sir eta boshladi. Inson o‘zining tabiatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirini oqibatlarini sezgach va bilgach tabiatdan oqilona planli tejab tyergab foydalanib muxofaza qilish kyerakligini o‘ylay boshlaydi. Mustaqil o‘lkamizda, sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun albatta tabiiy resurslardan foydalanish kyerak, lekin tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotlik bilan olib borish lozim. Aks holda tabiat qashshoqlanib boravyeradi. Biz tabiatga ta’sir etib, undan o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan narsalarni olayotganda, shunday qilaylikki, tabiatdagi bu o‘zgarish insoniyat uchun naf keltirsin, lekin ekologik 47 muammoni keltirib chiqarmasin. Atrof muxitni eng avvalo tuproqlarni muhofaza qilish har bir insonning muqaddas burchidir. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling